Estoniya poytaxtida YeI tarixidagi raqamli texnologiyalarga bağişlangan ilk sammit juma kuni oçildi. Yevropa Ittifoqi davlatlarining oliy darajadagi rahbariyati 2025 yilga qadar YeIni raqamli muhitda global yetakçiga aylantiriş yöllarini aniqlaş uçun Tallinga bir kunga töliq tarkibda yetib kelişdi.
Estoniyaning Yevropa Ittifoqi Kengaşidagi yarim yillik raisligining asosiy voqeasiga aylangan sammit «Madaniyat qozonxonasi» art-markazida bölib ötmoqda. Bu noodatiy tarixga ega bölgan bino bölib, bu haqda Estoniya boş vaziri Yuri Ratas ham kiriş sözida sammit iştirokçilariga eslatib ötdi.
«Qozonxona» ikki yil avval Tallin şahri sobiq elektrostansiyasi örnida oçilgan. 1913 yildan beri bu stansiya 66 yil davomida Estoniya poytaxtiga elektr energiyasi yetkazib bergandi, ammo keyin u yopildi. Keyinçalik qozonxona majmuasi madaniy yodgorlik sifatida e'tirof etildi va rekonstruksiya qilindi.
«Madaniyat qozonxonasi»ga taşrif buyurgan yetakçilarni nafaqat xavfsizlik xizmati xodimlari va bir neça yuz nafar jurnalistlar, balki mamlakat parlamentida kiçik vakolatga ega bölgan Estoniya konservativ xalq partiyasi tomonidan taşkil etilgan piket ham kutib oldi. Namoyişçilardan ayniqsa Germaniya kansleri Angela Merkel köproq aziyat çekdi – uni huştakbozlik bilan qarşi olişdi. Natijada, u intervyu beriladigan hududdan ötib ketib, heç qanday savolga javob bermadi.
YeIning birinçi raqamli sammitini taşkillaştiriş orqali Estoniya uşbu sohada öz xizmatlarini alohida ta'kidlaşga harakat qildi. Stendlardan birida mamlakatning elektron-rezidenti maqomini rasmiylaştiriş böyiça maslahat olişingiz mumkin, kelayotgan jurnalistlar sovğalarni (telefon uçun quvvatlantiruvçi qurilma) kiritiluvçi kodlar orqali buyurtma beruvçi yetkazib beriş xizmati avtomatlaridan birida olişi mumkin böldi.
Estoniya prezidenti Kersti Kalyulayd ham sammitning oçilişida sözga çiqib, öz mamlakatining xizmatlarini e'tirof etdi.
«Men butunlay elektron tarzda boşqariladigan, hamda hukumatning yordami bilan amalga oşirilgan raqamli jamiyatning prezidentiman», - deya ma'lum qildi u.
Estoniya prezidentining ta'kidlaşiça, «raqamli davlatlarning katta qismi hali tuğilmagan».
Yevropa Ittifoqining boşqa rahbarlari ham uşbu mavzuning muhimligi haqida oçiqçasiga gapirişdi. «Işonçim komilki, bugungi kun bizga raqamli kun tartibini aniqlaştirişda olğa siljişda yordam beradi», - dedi Fransiya prezidenti jurnalistlarga.








