Estoniya hukumati 13-avgust kuni bölib ötgan yiğilişda Içki işlar vazirligining Rossiya bilan çegaradagi avtomobil ötiş punktlarining 12 soatlik iş rejimini noma’lum muddatga uzaytiriş haqidagi taklifini ma’qulladi. Şuningdek, mazkur tartib temiryöl ötiş punktlariga ham joriy etiladi.

Estoniya Içki işlar vazirligi ma’lumotiga köra, «Narva», «Koydula» va «Luxamaa» çegara punktlari bahordan buyon soat 07:00 dan 19:00 gaça işlab kelmoqda. Rossiya tomonida ularga mos ravişda Ivangorod, Kuniçina Gora va Şumilkino nazorat punktlari joylaşgan.

Dastlab mazkur vaqtinçalik rejim avgust oyi oxiriga qadar amal qilişi rejalaştirilgan edi. Endi esa uning amal qiliş muddati çeklanmagan.

Estoniya içki işlar vaziri Igor Taroning ta’kidlaşiça, çeklovlarning asosiy maqsadi çegara xavfsizligini kuçaytiriş, ehtimoliy çegara hodisalariga tezkor javob beriş imkoniyatini oşiriş va bojxona nazoratini kuçaytirişdan iborat.

Uning sözlariga köra, uşbu maqsadlar hozir ham dolzarbligiça qolmoqda. Vazir qarorni Rossiya va Yevropa Ittifoqi örtasidagi munosabatlarning umumiy holati, jumladan Ukrainadagi uruş bilan ham boğlagan.

Şu bilan birga, Taro Estoniya hukumati hozirça Rossiya bilan çegarani töliq yopiş uçun zarurat körmayotganini bildirdi. Qöşni Finlandiya esa Rossiya bilan quruqlikdagi çegara punktlarini 2023-yil dekabrida yopgan edi.

Çegaradan ötuvçilar soni kamaygan

Estoniya Içki işlar vazirligi ma’lumotlariga köra, Rossiya bilan quruqlik çegarasini kesib ötuvçilar soni ham qisqargan.

2025-yilning birinçi yarmida ikki davlat örtasidagi quruqlikdagi nazorat punktlaridan qariyb 512 ming kişi ötgan bölsa, 2026-yilning şu davrida bu körsatkiç 444 ming nafarni taşkil etgan. Bu bir yil avvalgiga nisbatan 13 foizga kam.

Çegarani kesib ötgan transport vositalari soni ham 20 foizga - 43,5 mingtadan 35 mingtaga kamaygan. Temiryöl nazorat punktlari orqali harakatlangan poyezdlar sonida ham sezilarli pasayiş qayd etilgan.

Rossiya esa 1-iyuldan Finlandiya, Estoniya va Latviya bilan çegaradagi töqqizta temiryöl ötiş punktidan yettitasini yopgan. Estoniya yönalişida Peçori-Pskovskiye punkti yopilgan, Leningrad viloyatidagi Ivangorod yuk va yölovçi ötiş punkti esa oçiq qoldirilgan.