Estoniya mudofaa vaziri Xanno Pevkur 2-sentabr kuni keçqurun isteʼfoga çiqişini eʼlon qildi. U öz qarorini mamlakat mudofaa sohasi uçun «siyosiy javobgarlik»ni zimmasiga olişi bilan izohladi.
Mojaro Ukraina uçun qurol-yaroğ xarid qiliş jarayoni bilan boğliq.
Estoniya Davlat mudofaa investitsiyalari markazi (RKIK) Ukraina uçun qurol-yaroğ yetkazib beriş maqsadida Italiyaning Datasel S.R.L. kompaniyasiga 70 mln yevro miqdorida avans tölagan.
Biroq Eesti Ekspress naşri suriştiruviga köra, kompaniya ortida hindistonlik tadbirkorlar turgan va u bunga qadar birorta ham artilleriya snaryadi sotmagan.
Pevkurning taʼkidlaşiça, qurol-yaroğ xaridi böyiça şartnomalarni tayyorlaş va hamkor kompaniyalarni tanlaş bilan bevosita mudofaa vaziri emas, RKIK şuğullanadi.
«Mudofaa vaziri şartnomalar böyiça muzokara olib bormaydi, paypoq va patronlarni sanamaydi. Mudofaa vaziri Ukrainaga yordam beriş böyiça prinsipial qaror qabul qiladi. Şartnomalar böyiça muzokaralarga tayyorgarlik köriş va kontragentlarni izlaş RKIKʼning vazifasi», - degan Pevkur ERR teleradiokompaniyasiga bergan intervyusida.
Şunga qaramay, u vazir sifatida butun mudofaa sohasi uçun javobgar ekanini tan olgan.
Pevkur siyosiy javobgarlikni öz zimmasiga olişga tayyorligini bildirib, endi boş vazir yangi mudofaa vazirini topişi kerakligini aytgan.
Xanno Pevkur 2022-yildan beri Estoniya mudofaa vaziri lavozimida işlab kelayotgan edi.
Manbaga köra, uning isteʼfosini mamlakat parlamenti - Riygikogu maʼqullaşi kerak.
Parlamentning kuzgi sessiyasi 14-sentabr kuni boşlanadi. Şu vaqtga qadar Pevkur Estoniya mudofaa vaziri vazifasini bajarişda davom etadi.
Mojaroning asosiy qismi Ukraina uçun öq-dori xarid qiliş maqsadida Datasel S.R.L. kompaniyasiga 70 mln yevro avans ötkazilişi bilan boğliq.
Eesti Ekspress suriştiruvida kompaniya avval snaryad sotiş bilan şuğullanmagani taʼkidlangan.
Şu holat Ukraina uçun mudofaa mahsulotlarini xarid qiliş jarayonida kontragentlarni qanday tekşiriş va tanlaş masalalari yuzasidan savollar keltirib çiqargan.











