Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 29 sentabr kuni Moskva va Butun Rus Patriarxi Kirillni qabul qildi.
Davlatimiz rahbari yuqori martabali mehmonni qutlar ekan, Rus pravoslav çerkovi rahbarining Özbekistonga taşrifi mamlakatlarimiz va xalqlarimiz örtasidagi an'anaviy yaqin va döstona aloqalarni mustahkamlaşda muhim voqea ekanini çuqur mamnuniyat bilan qayd etdi.
Özbekiston va Rossiya örtasidagi oliy va yuqori darajadagi faol muloqot barça yönalişlardagi amaliy hamkorlikka jadal sur'at bağişlagani, ikki tomonlama aloqalarni sifat jihatidan yangi bosqiçga kötargani alohida ta'kidlandi.
Patriarx Kirillning taşrifi mamlakatlarimizda millatlararo va konfessiyalararo totuvlik, diniy bağrikenglikni yanada mustahkamlaşda muhim örin tutişiga alohida e'tibor qaratildi.








