Jahon | 09:35 / 30.09.2017
4418
2 daqiqa o‘qiladi

Yomiuri: yaponiyalik saylovchilarning 1/3 qismi Abe tarafdori

Foto: AFP

Yaponiyaning saylov huquqiga ega fuqarolarining qariyb 34 foizi bosh vazir Sindzo Abe yetakchiligidagi hukmron Liberal demokratik partiyasini qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Oktyabr oyining 22-sanasida mamlakat parlamenti quyi palatasi uchun navbatdan tashqari saylovlar bo‘lib o‘tishi xabar qilingan edi. Yomiuri gazetasi tomonidan o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov natijasi shunday deyishga asos bo‘lmoqda.

Ikkinchi o‘rinda 27 sentabrda tashkil etilgan Umid partiyasi bormoqda. Unga poytaxt prefekturasi Yuriko Koike gubernatori rahbarlik qilmoqda. 

Nashr so‘roviga ko‘ra, faqatgina 21 foiz yaponiyaliklar Tokio gubernatori siyosiy partiyani boshqarishi bilan bog‘liq joriy vaziyatni ijobiy baholamoqda. Aksariyat kishilar uning shaharni boshqarishga ko‘proq e'tibor berishi kerak, degan fikrda. 12 foiz so‘ralganlar Koike gubernatorlikdan ketib, davlat darajasida siyosiy faoliyatini davom ettirishi maqsadga muvofiq, deb hisoblamoqda. 

O‘ziga xos reytingning uchinchi o‘rniida 6 foizlik natija bilan "Yangi Komeyto" – LDPning kichik hamkori bormoqda. Saylovchilarning 25 foizi esa hozircha nomzodlar borasida bir to‘xtamga kelmagan. 

Mavzuga oid