NASA mutaxassislari Marsda 2017 yil sentabrda Quyoş atmosferasidan modda otilişi sababli yuzaga kelgan kuçli yoğdulanişni kuzatdilar. Marsdagi bunga öxşaş hodisalardan 25 marta yorqinroq bölib çiqqan yoğdulaniş AQŞning MAVEN sun'iy yöldoşi tomondan qayd qilingan.
Marsda Yerdagi kabi qutb yoğdusining paydo bölişiga olib keluvçi magnitosfera yöq. Yer va ba'zi boşqa sayyoralar, masalan Yupiterning magnit maydonlari yuqori energetik zarraçalar oqimini qutblarga yönaltiradi. Aynan bu yerda odatda yoğdulaniş yuz beradi. Marsda esa fotonlar uning nafaqat qutb qismlarini, balki butun atmosferasini bombardimon qiladi. OqibatdaMars gaz qobiğining yuqori qatlamlari ultrabinafşa spektridagi yoruğlikni çiqara boşlaydi.
Olimlarning aytişiça, Marsdagi yoğdu sayyora sirtiga tuşuvçi radiatsiya oqimining 2 marta kuçayişiga olib kelgan. Koinot qurilmalari tomondan olingan ma'lumotlar kelajakda Marsga yöl oluvçi fazogirlarning xavfsizlik tizimini yaratişga yordam beradi.
Quyoşda 10 sentabrda kuçli çaqnaş yuz bergandi.












