Dunyo böyiça ölçami böyiça 2-örinni egallovçi va 2015 yilda Bostvanada topilgan olmos 28 sentabrda rekord qiymatga – 53 mln dollarga sotildi. Bu haqda olmosga egalik qilgan Lucara Diamond Corp. ma'lum qildi.

"Lucara 1109 karatli Lesedi La Rona olmosi Graff Diamond’ga 53 mln dollarga sotilganini ma'lum qilişdan mamnun", deyilgan kompaniya matbuot-xizmatida.

Ta'kidlaş joizki, dunyoda eng katta olmos 3106 karatli Kullinian (Afrika yulduzi) olmosi bölib, u 1905 yilda Janubiy Afrikada topilgan. Söngra u bir neça brilliantlarga bölingan, eng kattalari Britaniya imperiyasi tojini bezagan edi.