3 oktabr kuni Özbekiston Respublikasi Oliy majlisining inson huquqlari böyiça vakili (ombudsman) Uluğbek Muhammadiyev BMTning din va e'tiqod erkinligi haqidagi masalalar böyiça maxsus dokladçisi Ahmad Şohid bilan uçraşuvi bölib ötdi.
Ombudsman delegatsiyaga mamlakatda inson huquqi va erkinliklarini ta'minlaş borasida qöllanilayotgan çora-tadbirlar, mamlakatda demokratik özgarişlarni amalga oşiriş va fuqarolik jamiyatini rivojlantirişda milliy institutlarining roli va ahamiyati oşib borayotgani haqida atrofliça ma'lumot berdi. Ayniqsa, 2017 yilning avgustida qabul qilingan va Ombudsman faoliyatining taşkiliy-huquqiy bazasini yanada takomillaştirişga qaratilgan qonun ma'lumot örnida qabul qilindi.
Ombudsman fuqarolarning vidjon va e'tiqod erkinligini ta'minlaş masalalariga atrofliça töxtalib ötdi. Suhbat asnosida qayd etildiki, Konstitutsiya va qonunlar bu sohada qabul qilingan xalqaro qonun-qoidalarning asosiy talab va mohiyatlarini hisobga olgan, fuqarolarga vijdon erkinligi, diniy taşkilotlar tuziş va ularda iştirok etişni kafolatlaydi. Davlat tomonidan barça diniy taşkilotlar faoliyati uçun, e'tiqodlariga köra fuqarolarga diniy marosimlarni ötkaziş uçun yagona şart-şaroitlar yaratilgan.
Ombudsman tomonidan fuqarolarning jamiyat va davlat manfaatlariga rioya qiliş ğoyatda muhim ekanligi haqidagi tezis ajratib körsatilgan. Bu tomonmala missionerlik faoliyati va ekstremistik mafkurani tarqatişga yöl qöyib bölmaslikka yönaltirilgan qonunçilik hujjatlarining dolzarbligi qayd etilgan.
Uçraşuv mobaynida tomonlar vijdon va e'tiqod erkinligi uçun inson huquqlarini ta'minlaşda hamkorlikni mustahkamlaş masalalarini muhokama etişdi.
Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Oliy sudida BMTning din va e'tiqod erkinligi haqidagi masalalar böyiça maxsus dokladçisi Ahmad Şohidning Özbekiston Respublikasi Konstitutsion sudi raisi B.Mirboboyev va Özbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi K.Komilov bilan uçraşuvi bölib ötdi.
Yuqori martabali mehmonni olqişlar ekan, B.Mirboboyev va K.Komilov 2017 yil Özbekistonda Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb e'lon qilinganini qayd etişdi. Fuqarolarning huquq va manfaatlari himoyasini ta'minlaş davlat siyosatining ustuvor yönalişiga kötarilgan. Jumladan, 2016 yilning 28 dekabrida Prezidentning «Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari bilan işlaş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni qabul qilingan. Uşbu hujjatning ijrosini ta'minlaş maqsadida joylarda Özbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari oçilgan va ularda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ta'minlanişiga kömaklaşilmoqda.












