Joriy yilning 21 avgust kuni Qaşqadaryo viloyati Şahrisabz tumani IIB navbatçilik qismidan Şahrisabz tibbiyot birlaşmasi oldidan VAZ 2107 oq rangli avtotransport vositasi noma'lum şaxslar tomonidan olib qoçilgani töğrisida Qöriqlaş bölimiga xabar beriladi.
IIV Qöriqlaş Boş boşqarmasi Matbuot xizmati xabar berişiça, zudlik bilan uşbu xabar qöriqlovda bölgan obektlarni tekşirib yurgan Qöriqlaş bölimi texnik qöriqlaş markazi tezkor xarakatlanuvçi guruhi xodimlari - safdorlar B.Raşidov, M.Mustafoyev va A.Temirovga yetkaziladi.
Şundan söng, uşbu xodimlar avtomaşinani qidirib topiş çoralarini körayotgan vaqtlarida olib qoçilgan avtotransport vositasini noma'lum şaxs boşqarib ketayotganiga guvoh bölişadi. Ular darhol tuman IIB navbatçilik qismiga xabar berib, avtomaşinani uşlaş çoralarini körişadi va tuman vinoaroq zavodi ma'muriy binosi oldida tösib uşlab, noma'lum şaxs tuman IIB navbatçilik qismiga topşiriladi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Tuman IIB Tergov bölimi tomonidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.











