Yangi nikoh riştasini qurgan Bekzod va Dilafröz nikoh oqşomidan avval restoranga mehribonlik uyi tarbiyalanuvçilarini çaqirib, ularga katta ziyofat berişdi. Facebook ijtimoiy tarmoğining özbek segmentidagi UzMDK guruhida şu haqdagi suratlar paydo böldi. Uylanayotgan yigit ismi Bekzod va kelin Dilafröz deb atalişi suratlarga berilgan izohdan ma'lum böladi. Ammo ularning qayerda istiqomat qilişiga oydinlik kiritilmagan.

Foto: facebook.com/Uzmdk

Şu munosabat bilan öz fikrlarini qoldirgan foydalanuvçilar ularning uşbu xayrli  işlarini alqab, işlariga omad, özlariga tan sihatlik tilagan. Köpçilik boşqa yoşlarni ham ulardan örnak olişga çaqirgan. 

Foydalanuvçilarning barçasi, yoşlar haqiga duolar qilişib, şunday yetuk farzandlarni tarbiyalagan ota-onalariga taşakkurlarini bildirişgan. 

Foto: facebook.com/Uzmdk

Şu örinda, KUN.UZ tahririyati ham uşbu savobli işni “orzu-havas”larni bir çetga surib, amalga oşirgan yoşlarga baxt tilab, Özbekistonda ulardan örnak oluvçilar yanada köpayişini tilab qoladi. 

Foto: facebook.com/Uzmdk