Ma'lumki, Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Karimovning taşabbusi bilan hamda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 4 sentabrda qabul qilingan «Özbekiston Respublikasi Qomusi»ni naşr etiş töğrisida»gi 306-sonli Qaroriga asosan «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti tomonidan 1997–2005 yillar mobaynida «Özbekiston milliy ensiklopediyasi»ning 12 ta jildi (1–11-jildlari kirill alifbosi tartibida, 12-jildi Özbekiston Republikasiga bağişlangan) naşrga tayyorlanib, çop etilgan edi. Ijodiy jamoaning köp yillik maşaqqatli mehnati samarasi ölaroq yuzaga kelgan mazkur milliy qomusimiz yurtimiz ma'naviy hayotida juda katta voqea bölgandi.
Ensiklopediya, Birinçi Prezidentimiz Islom Karimov ta'biri bilan aytganda, mustaqil mamlkatning pasportidir. Ya'ni har qaysi davlatning milliy ensiklopediyasi öşa yurtning qudratidan, ilm-fan sohasiga neçoğli e'tibor berişidan, tarixi, san'ati va madaniyati, ilmiy salohiyatidan darak beruvçi közgudir.
Universal ensiklopediyani hamma davlatlar ham naşr eta olmaydi. Şu bois dunyoda ensiklopediya naşr etadigan davlatlar unçalik köp emas. Xalqaro doiralarda universal ensiklopediyalardan Buyuk Britaniyaning «Britannika» («Britaniya ensiklopediyasi»), Fransiyaning «Katta Laruss», Germaniyaning «Katta Brokgauz» ensiklopediyalari e'tirof etiladi.
Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi mamlakatlari orasida birinçi bölib naşr etilgan köp jildli milliy ensiklopediyamizda Özbekistonning eng qadimgi davrlaridan hozirgaça ma'lum bölgan tarixi, madaniyati, tabiati, iqtisodiyoti, fani, adabiyoti va san'ati, me'morligi, insoniyat tamadduni rivojiga munosib hissa qöşgan ajdodlarimiz, e'tiborga loyiq yutuqlarga erişgan turli soha vakillari, davlat arboblarining hayoti va faoliyati, şuningdek, jahon mamlakatlari va xalqlari tarixi, madaniyati, dunyo e'tirof etgan buyuk olimlar haqida keng ma'lumotlar berilgan.
Özbekiston milliy ensiklopediyasi kitobsevar xalqimiz tomonidan qizğin kutib olindi. Milliy qomusimiz universalligi hamda ma'lumotlar qamrovi kengligi bois kitobxonlarga har tomonlama manzur böldi. Ayniqsa, öquvçi-talabalar, muallimlar, tadqiqotçilar, umuman, qiziquvçan kitobxonlar uçun zarur ma'lumotlarni izlab topişda qulay kömakçi manbaga aylandi.
Özbekiston Respublikasining «Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini joriy etiş töğrisida»gi Qonunini bajariş maqsadida 1995 yil 24 avgustda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Özbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlaş haqida»gi 339-sonli Qarori e'lon qilinişi munosabati bilan mamlakatimiz ta'lim tizimi va boşqa sohalarga yangi özbek alifbosi joriy etildi.
Hozirda 22 yildan buyon lotin yozuviga asoslangan yangi özbek alifbosida savod çiqarganlar yurtimiz aholisining köpçiligini taşkil etadi. Yangi alifboda çop etilgan naşrlarga bölgan ehtiyoj kundan kunga oşib boryapti. Respublika jamoatçiligi, ayniqsa, yoş avlodning tariximiz, madaniy merosimiz va boşqa ijtimoiy sohalar böyiça lotin alifbosidagi qomusiy adabiyotlarga bölgan ehtiyojini qondiriş maqsadida «Özbekiston milliy ensiklopediyasi»ning 2-naşrini lotin alifbosida tayyorlab çop etiş zarurati tuğildi.







