«Esimda öşa damlar, özi uçar gilamlar»... — bu bir doston, davomi uzoq. Biroq şu satrlarni eslarkanman, bulutlar oralab suzib borayotgan qip-qizil munaqqaş gilam beixtiyor köz oldimga keladi. Bezaklari öziga zap yaraşib tuşgan, popuklari şamolda ohista tebranib-tebranib borayotgan gilam. U ertak-dostondagi bir detal bölişdan taşqari, xalq amaliy san'atining gözal namunasi ölaroq köz öngimda jilvalanadi. Öylayman: xalq amaliy san'ati, hunarmandçiligi şu qadar turfarang va keng bir sohaki, agar bu namunalarning barini, şuningdek, ularni yaratgan ustalar haqidagi ma'lumotlarni ham özida jamlagan bir kitob bölsa-yu, öqisang, bilsang, örgansang, töla tasavvur hosil qilsang.
Biroq öylarim qumga sepilgan suv emas, bunday kitob bor. Bunday kitob allaqaçon «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti tomonidan çop etildi: «Özbekiston hunarmandçiligi va amaliy san'ati» ensiklopediyasi.
Mamlakatimizda xalqimiz ma'naviy qadriyatlariga hurmat-ehtirom bilan munosabatda böliş, ularni asrab-avaylaş va rivojlantiriş, muqaddas dinimiz, urf-odatlarimiz, bebaho tarixiy merosimizni tiklaşga alohida e'tibor qaratilmoqda. Xususan, Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Karimov «Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuç» asarida: «...şu yurtda yaşayotgan har qaysi inson özligini anglaşi, qadimiy tariximiz va boy madaniyatimiz, uluğ ajdodlarimizning merosini çuqurroq özlaştirişi, bugungi tez özgarayotgan hayot voqeligiga ongli qarab, mustaqil fikrlaşi va diyorimizdagi barça özgarişlarga daxldorlik tuyğusi bilan yaşaşi zarur», degan edi.
Darhaqiqat, Markaziy Osiyo san'ati qadimiyligi, öziga xosligi bilan dunyoga maşhur. Ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan betakror, teran mazmunli, yuksak badiiy qiymatga ega madaniy yodgorliklar, xususan, Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz, Toşkent, Şahrisabz, Farğona va yurtimizning boşqa şaharlaridagi tarixiy obidalar, xalq amaliy san'ati namunalari xalqimizning buyuk ötmişidan hikoya qiluvçi jahon madaniyatining noyob durdonalari safidan joy olgan. Bu zaminda qad kötargan obidalar va tuproq osti qatlamlaridan topilayotgan osori atiqalar xalqimizning boy madaniy ötmişidan darak beradi.
Xalqimizning asrlar böyi qilgan ijodiy mehnati natijasida yaratilgan va yaratilayotgan özbek xalq hunarmandçiligi va amaliy san'atini köz qoraçiğidek asraş, ularni kelgusi avlodlarga yetkaziş, yoşlarga örgatiş orqali ularning estetik didini östiriş hamda yuksak madaniyatli kişilar qilib tarbiyalaş hozirgi davrning muhim vazifalaridan biriga aylandi. Özbekiston hunarmandçiligi va amaliy san'atiga oid ma'lumotlar ma'naviy madaniyatning tarkibiy qismi bölgan badiiy madaniyatni tarğib etiş, şaxs uçun muhim bölgan qator sifatlarni rivojlantiriş, şuningdek, öquvçilarni milliy merosimiz hamda umuminsoniy qadriyatlar bilan yaqindan taniştirişga xizmat qiladi.











