1 oktabr kuni Las-Vegasdagi musiqa festivalida 58 kişini otib taşlagan Stiven Peddok yana bir neça hujumlar uyuştirişni, jumladan avtomobilni portlatişni reja qilgandi. Bu haqda Associated Press agentligi mahalliy hukumatga asoslangan holda xabar tarqatdi.
Bundan avvalroq mahalliy naşrlar Peddok boşqa musiqa festivallari - Çikagodagi Lollapalooza Çikago va Las-Vegasdagi Life is Beautiful festivallarida ham öziga nomer buyurtma bergani haqida xabarlar tarqatgandi. Ammo hukumat bu ma'lumotlarni rad etdi.
Fojia röy berişidan köp vaqt ötmasdan IŞID Peddokni öz askari deb e'lon qilgan va hujum uçun javobgarlikni zimmasiga olgandi. Ammo FQB Peddokning diniy ekstremistlarga aloqadorligini rad etdi.












