Google tez orada texnologiyalar oilasini töldirişi kutilayotgan yangi devays haqida ma'lumot berdi. Google Pixel Buds quloqçinlari Apple AirPods'ga juda öxşab ketadi, biroq ularning bir neça farqi mavjud. Eng asosiylaridan biri - Google quloqçinlari avtomatik ravişda 40 tildan tarjimalarni amalga oşiradi, buning uçun tugmani bosib, "Menga ispança gapirişga yordam berib yubor!" deyişning özi kifoya.

Foto:Google

Bu funksiyani faqat yana bir yangi qurilma bilan birga qölga kiritiş mumkin — Google Pixel 2 smartfoni. Aftidan, Google smartfon işlab çiqariş sohasida Apple bilan jiddiy raqobatlaşmoqçi körinadi. Quloqçinlar Google Assistant sun'iy intellekt virtual yordamçisi bilan sinxronlaşa oladi. Kompaniya boş direktori Sundar Piçayning sözlariga köra, sönggi yil içida tarjima sifati ança yaxşilangan. 

Quloqçinlar noyabr oyida sotuvga çiqadi. Ularning narxi - 159 dollar. Google saytida ularga oldindan buyurtma beriş boşlandi.

Biroq kompaniya jiddiy raqobatga kirişişiga töğri keladi, zero köp kompaniyalar sinxron tarjimonlarni işsiz qoldiriş ustida işlamoqda.