Xalqaro Olimpiya qömitasi Olimpiya xartiyasining 59-moddasi asosida Braziliya Milliy olimpiya qömitasini vaqtinça çetlatdi. Bu haqda taşkilot saytida e'lon qilingan XOQ bayonotida söz yuritilgan, deyiladi TASS xabarida. 

Bu qaror Braziliya MOQ raisi hamda Rio-de Janeyro-2016 taşkiliy qömitasi rahbari Karlos Artur Nuzmanning korrupsiyada aloqadorlikda gumon qilinib qölga olingani sabab bölgan. 

Şu munosabat bilan XOQ Braziliya MOQ hisobiga ötkaziladigan barça tölovlarni muzlatdi va 2016 yilgi öyinlar taşkiliy qömitasi bilan munosabatlarni töxtatdi.

Bayonotda ta'kidlanişiça, bu qaror braziliyalik sportçilarga aloqador emas. XOQ ularning 2018 yilgi Qişki Olimpiya öyinlarida iştirok etişiga ruxsat beradi. Ularga, şuningdek, Olimpiya stipendiyalari ham tölanadi.
 
Nuzman 5 oktabr kuni qölga olingan. U Rio-de-Janeyro şahrining 2016 yilgi Olimpiya öyinlari poytaxti sifatida tanlanişi uçun 2,5 mln dollar pora berganlikda gumon qilinmoqda. Nuzmanni qölga oliş qarori, uning öz soliq deklaratsiyasida 16 ta oltin yombi xarid qilgani haqidagi ma'lumotni kiritişga uringanidan söng qabul qilingan.