Twitter foydalanuvçilaridan biri Skott Stapf Tesla kompaniyasi rahbari Ilon Maskka murojaat qilib, «Mariya» dovuli oqibatlarini bartaraf etişda Puerto-Rikoga yordam berişni söradi. U Maskka orolga kelişni va vayron bölgan elektr ta'minoti tizimini tiklaşni taklif qildi.
Skott öz iltimosiga Earther naşrining Puerto-Riko aholisi haqidagi maqolasini biriktirdi. Ular deyarli elektr energiyasiz istiqomat qilişga majbur bölmoqda. Amalda, jurnalistlarning ta'kidlaşiça, orol ma'muriyatida (AQŞ boşqaruvida) ularning elektr quvvatini oliş yöllarini qayta öylab köriş imkoni paydo bölgan.
Mask Twitter mikroblogi öquvçisiga 21 daqiqadan söng javob bergan. Tadbirkor Puerto-Rikoda elektr energiyasini tiklaşga tayyorligini bildirdi. U, şuningdek, buning uçun kamida mahalliy hokimiyat organlarining roziligi kerakligiga e'tibor qaratdi.
«Avvalroq Tesla jamoasi dunyoning turli kiçik orollarida şunday işlarni bajardi, ammo heç qanday çeklov yöq. Puerto-Rikoga ham yordam berişimz mumkin. Ammo qaror Puerto-Riko hukumati, tijoriy manfaatdor va orol aholisi ixtiyorida», - deb javob bergan Mask.
Maskning yozuviga Puerto-Riko gubernatoi Rikardo Rossello e'tibor qaratgan. U tadbirkorga uçraşişni va loyihani muhokama qilişni taklif etdi.
«Keling muhokama qilamiz. Siz Tesla texnologiyalarining qulayligi va moslaşuvçanligini namoyiş etişni xohlar edingiz? Puerto-Riko şunday loyiha bölişi mumkin», - deb yozgan Rossello.
2016 yil noyabr oyidan Tesla kompaniyasi tarkibiga SolarCity firmasini ham qöşib olgan. U quyoş energotizimlarini işlab çiqişga ixtisoslaşgan. Tesla şu paytga qadar Tinç okeanidagi Tau orolini quyoş energetikasiga ötkazdi.












