Britaniyalik futbolçi Ueyn Runi mast holda avtomobil boşqarganligi sud tomonidan tayinlangan 100 soatlik majburiy işlarni bajarişga kirişdi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.
Naşr jurnalistlari Liverpulning "Everton" klubi hujumçisini Çeşir grafligidagi Prestberi şahrida joylaşgan olti million funtlik qiymatga ega öz uyi yaqinidagi qariyalar uyi boğida örindiqlarni böyaş bilan şuğullanayotganini aniqlaşgan.
Runi 1 sentabr kuni Laura Simpson ismli ayol bilan birga qölga olingandi. Alkotester alkogolning ruxsat etilgan darajasi uç barobar köpligini körsatdi. Sportçi öz aybini tan oldi.
Ertasi kuni esa uning homilador rafiqasi Kolin uç farzandi bilan birga uyni tark etdi.
Runi - Angliya terma jamoasi tarixidagi eng sermahsul futbolçidir. U 119 öyinda 53 ta gol kiritgan. Yozda futbolçi terma jamoa uçun maydonga tuşişni töxtatdi. U haftasiga 150 ming funt sterling işlab topadi.












