Myanmadagi Arakan provinsiyasidan kelgan rohingya-musulmonlarining 53 nafar vakili Turkiya universitetlarida davlat stipendiyalari dasturi böyiça öqiş huquqiga ega böladi.

Turkiya hukumati qoşidagi Diaspora masalalari boşqarmasi (YTB) rahbar örinbosari Husayn Gyundogarning "Anadolu" agentligiga ma'lum qilişiça, qöşni Bangladeş va Pokistonga qoçgan Arakan yoşlari, şu bilan birga, rohingya-musulmonlari Turkiya oliy ta'lim muassasalarida öqiş huquqiga ega bölişadi. 

Gyundogarning sözlariga köra, ötgan yillarda rohingya-musulmonlarining 15 vakili Turkiya universitetlarida öqişga kirgan.

"Turkiya murakkab vaziyatda qolgan barça xalqlarga yordam qölini çözadi. Joriy yildagi fojiaviy hodisalarni hisobga olib, biz rohingya-musulmonlariga stipendiyalar ajratişga qaror qildik. Davlat hisobidan Turkiya universitetlarida ta'lim oliş huquqi, şuningdek, Afğoniston, Yaman, Suriya, Falastin, Bosniya va Gertsogovina, Somali, Serra-Leone va Liberiya yoşlariga ham beriladi", - dedi YTB rahbar örinbosari. 

Uning sözlariga köra, 2012 yilda davlat dasturi doirasida turli mamlakatlarining 25 minggaça aholisi Turkiyada oliy ma'lumot va stipendiya oliş imkoniga ega bölgan bölsa, hozir bu raqam 100 ming kişiga köpaygan.