Janubiy Koreyaning Hyundai kompaniyasi va Bisimoto Engineering muhandislari HyperEconiq Ioniq kontseptini işlab çiqiş uçun sa'y-harakatlarini birlaştirdi. Innovatsiyaviy prototipda yoqilğini imkon qadar köproq tejaş tizimlari uyğunlaştirilgan. Bundan taşqari, ajoyib samaradorlik va qulay boşqaruvni ta'minlaydigan ilğor texnologiyalar mujassamlaştirilgan.
«Biz yuksak elektrlaştirilgan platforma va Ioniq kuç qurilmasiga tayangan holda yuqori samaradorlik, aerodinamika va dizayn bilan boğliq qator texnik tomonlarga e'tibor qaratdik», — degan Bisimoto Engineering rahbari Bisi Ezerioxa.

HyperEconiq kontseptiga Bisimoto kompaniyasining impuls-kamerali tutun çiqariş tizimi, Racepak elektron kuzatuv tizimi, maxsus işqalanişni kamaytiruvçi PurOl Elite ekomoyi, tebranişlarga kamroq qarşilik qiluvçi şinalar, alyuminiydan yasalgan Buddy Club tormoz yordamçilari, Recaro Pole Position poyga örindiqlari, Carbon Revolution karbonli ğildiraklar örnatilgan.

Bundan taşqari, prototipga aerodinamik Bisimoto Dream Aero kuzov obvesi örnatildi. Uning töplamiga old splitter, yon qanotga qarşilik, yon splitterlar, orqa ğildiraklar qalpoqçalari, Progress Performance podveskasi hamda boşqa qator özgartişlar kiradi.

















