Parij avtosalonida ixçam Hyundai Bayon krossoverining butunlay yangi versiyasi debyut qildi. Janubiy Koreya brendi vakillarining maʼlum qilişiça, model taşqi va texnik jihatdan sezilarli darajada yangilangan.

Asosiy özgariş - radikal qayta dizayn bölib, u avtomobilni yölda yanada közga taşlanadigan qilişga qaratilgan. Uslub asosini Tucson modelining sönggi avlodidan taniş bölgan Art of Steel konsepsiyasi taşkil etadi. Bu xarakterli detallarda yaqqol körinadi: «xokkey klyuşkasi» şaklidagi kunduzgi çiroqlar, kapotning kötarilgan çiziği, ğildirak arkalarining massiv kengaytirgiçlari. Model nomi endi yukxona qopqoğida, Hyundai emblemasi ostida yirik harflar bilan yozilgan.
Bayon uçun ilk bor N Line komplektatsiyasi taqdim etildi: u 18 dyuymli ğildiraklar, qöşaloq tutun quvurlari, salonda esa qizil çokli bezaklar va metall pedallarni öz içiga oladi.
Eksteryerdagi özgarişlar hisobiga krossover avvalgisidan vizual jihatdan kattaroq körinadi. Kenglik hissi texnik jihatdan ham mustahkamlangan: ğildiraklar bazasi 20 mm ga uzaytirilib, 2600 mm ga yetkazilgan.

Mavjud opsiyalar qatorida 12,3 dyuymli ikkita ekran, doiraviy köriş kameralari, ventilyatsiyali örindiqlar va panoramali tom mavjud. Şuningdek, Digital Key 2 tizimi (smartfon orqali avtomobilni oçiş va işga tuşiriş) hamda Bose audiotizimi taklif etiladi. Şu bilan birga, salondagi konsolda anʼanaviy fizik tugmalar bloki qoldirilgan.

Bayon dvigateli 6 bosqiçli «mexanik» yoki 7 bosqiçli «robot» bilan taʼminlangan 89 ot kuçiga ega 1,0 litrli tört silindrli bazaviy T–GDI turbomotoridan iborat.
Yangilangan Bayon 2027-yil boşida Yevropadagi Hyundai dilerlariga yetkazib beriladi.












