Toşkentda Markaz-5, “Jasorat” haykalidan Mustaqillik maydoniga eltuvçi Şarof Raşidov şohköçasining bir qismi transport harakati uçun yana oçildi.
Bu yer 2000-yillarning örtalarida yopib qöyilgandi. Avvalgi yöl joylaşgan yerda esa öziga xos yaşil hudud barpo etilgan.
Quruvçilar bir neça kun içida yaşil hududni butkul tozalab taşlaşdi va asfalt yotqizişdi. 9 oktabrdan boşlab Şarof Raşidov şohköçasining bu qismida transport harakati tiklandi.
Uşbu yölning oçilişi Amir Temir şohköçasidagi tirbandlikning oldini olişda qöl kelişi lozim. U Yunusobod tumanini Toşkent markazi bilan boğlaydi.












