Özbekiston mustaqilligining 30 yilligi arafasida Qarşi şahridagi Mustaqillik maydonida balandligi 62,5 metrga teng davlat bayroği örnatiladi. Bu haqda şahar hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, mazkur flagştok ustunining öziga 1,35 milliard söm sarflanadi. Flagştok buyurtmaçisi Qarşi şahar obodonlaştiriş boşqarmasi bölib, obekt quruvçisi «Voha maxsus montaj servis» MÇJ hisoblanadi.

Qayd etilişiça, mazkur flagştok ustuni diametri 430 millimetrdan 1220 millimetrgaça bölgan pölat quvurlardan taşkil topadi va uni Toşkentda joylaşgan «Bektemir metall konstruksiyalari» qöşma korxonasi tayyorlab beradi. Biçimi 25*10 metrdan iborat bölgan bayroqni Farğona vodiysidagi korxonalardan biri tayyorlaydi.

Ta'kidlanişiça, davlat bayroği örnatilgaç, uning atrofidagi 2 ming kvadrat metr hudud obodonlaştirilib, maysazor, gulzorlar barpo etiladi, manzarali daraxtlar ekiladi va yangi yölakbop plitkalar terib çiqiladi. Ayni paytda Mustaqillik maydonining şu qismida bayroqning tarixi va tavsifi aks etgan toş lavhlar ham örnatiladi.