Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Toşkent yuridik kollejiga yangi rahbar tayinlandi. 

KUN.UZ’ning vazirlikdagi manbasiga köra, 2017 yil 7 oktabridan e'tiboran kollejga Vosit Ergaşev rahbarlik qilmoqda. 

Vosit Ergaşev 1978 yil Samarqand viloyatida tavallud topgan, yuridik fanlar nomzodi. Toşkent Yuridik universitetida prorektor, keyinroq kafedra mudiri lavozimlarida işlagan. 

Eslatib ötamiz, kollejning avvalgi direktori Natalya Temirova iş faoliyatida yöl qöygan jiddiy xato va kamçiliklari uçun “2-darajali adliya maslahatçisi” maxsus unvon-martaba darajasidan mahrum qilinib, egallab turgan lavozimidan ozod etilgan edi. 

Xizmat tekşiruvi davomida aniqlangan jiddiy xato-kamçiliklar barobarida 2017 yil 6 oktabr kuni öquvçilar tomonidan kollej hududida oğir jinoyat sodir etilgani direktorning işdan olinişiga sabab bölgandi.