10 avgust kuni jinoyat işlari böyiça Toşkent şahri Uçtepa tuman sudida sudlanuvçilar, Toşkent yuridik kolleji sobiq direktori Natalya Temirova va şu kollejda iş yurituvçi kotib va xodimlar bölimi inspektori bölib işlagan Abdulazizjon Salimjonovga nisbatan jinoyat işi körib çiqilib, öz nihoyasiga yetkazildi. Sud majlisiga sudya Bolat Sultonov raislik qildi.

Sud jinoyat işini töliq örganib çiqib, Natalya Temirovani Özbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 167-moddasi (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş), 168-moddasi (firibgarlik), 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qiliş), 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan çetga çiqiş), 209-moddasi (mansab soxtakorligi), 28-moddasi orqali 211-moddasi (pora berişga qiziqtiriş), 227-moddasi (hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalarni va boşqalarni egallaş, nobud qiliş, ularga şikast yetkaziş yoki ularni yaşiriş) va 238-moddasida (yolğon guvohlik beriş) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda, hamda A. Salimjonovni Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 28-moddasi orqali 211-moddasi (pora berişga qiziqtiriş) va 28-moddasi orqali 209-moddasida (mansab soxtakorligiga kömaklaşiş) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topgan. 

Sud Natalya Temirovaga  Özbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi tegişli moddalarini qöllagan holatda 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda işlaş huquqidan mahrum qilingan holda eng kam oylik iş haqining 350 barobari miqdorida, ya'ni 52 421 250 söm (2017 yil oktabr holatidagi 149 775 sömdan) jarima va 5 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlanib, ozodlikdan mahrum qiliş jazosini umumiy tartibdagi koloniyada ötaş belgilandi.

Şuningdek, Abdulazizjon Salimjonovga Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 45-moddasini (muayyan huquqdan mahrum qiliş) qöllagan holda, 59-moddasi (bir neça jinoyat sodir etganlik uçun jazo tayinlaş) tartibida 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda işlaş huquqidan mahrum qilingan holda eng kam oylik iş haqining 310 barobari miqdorida, ya'ni 46 430 250 söm (2017 yil oktabr holatidagi 149 775 sömdan) jarima jazosi tayinlandi va hukm öqildi.

Hukmdan norozi taraflar şikoyat yoki protest bildirişga haqliligi tuşuntirildi.

Eslatib ötamiz, ötgan yilning oktabr oyida Toşkent yuridik kollejida 3 öquvçi örtasidagi piçoqbozlik oqibatida bir öquvçi vafot etgan, yana biri oğir jarohatlangandi.

Sodir bölgan mudhiş voqeadan keyin Toşkent şahar prokuraturasi tomonidan mazkur kollejda tekşiriş ötkazilgani natijasida bu öquv maskanida boşqa jinoyatlar sodir bölayotgani ham aniqlangandi. Natalya Temirova «2-darajali adliya maslahatçisi» maxsus unvon martaba darajasidan mahrum qilinib, egallab turgan lavozimidan