5 oktabr kuni, Qirğiz Respublikasi prezidenti Almazbek Atamboyevning Toşkentga davlat taşrifi davomida Özbekiston va Qirğiziston hukumatlari örtasida Qirğizistonning Jalolobod viloyati Olabuqa tumanida Örtatöqay (Kosonsoy) suv omborining suv resurslaridan davlatlararo foydalaniş töğrisidagi bitim imzolandi.
Şu paytga qadar mazkur suv ombori Özbekiston tomonidan ekspluatatsiya qilinar edi. Yangi bitimga muvofiq, endilikda suv ombori boşqaruvi Qirğiziston tomoniga ötdi. Özbekiston tomoni Qirğizistondan bir neça yillar davomida nizoli çegara hududi sifatida e'tirof etilgan Ungartepa toğoldi yerlaridan Kosonsoyga erkin ötiş yölagini yaratib berişni talab qilib kelgandi. Aslida 1941 yilda qurilişi boşlangan suv ombori ÖzSSR hisobidan Örtatöqayda barpo etilgan.
Qirğiziston qişloq xöjaligi vaziri Nurlan Muraşevning aytişiça, yangi bitim şartlariga muvofiq, Özbekiston suv ombori suvlaridan foydalangani uçun xarajatlarni töliq qoplaydi. «Xodimlar maoşi, ta'mirlaş işlari va jihozlarni yangilaş uçun pulni bundan buyoğiga Özbekiston tomoni tölaydi», degan u.







