Xitoyning yirik onlayn riteyleri Alibaba Group Holding kelasi 3 yil mobaynida xorijiy tadqiqot markazlari oçiş hamda yangi texnologiyalar işlab çiqişga 15 mlrd dollardan ortiqroq mablağ sarflaşni rejalaştirmoqda. Business Insider ma'lumotlariga köra, kompaniya jami 7 ta tadqiqot markazlarini taşkil etadi. Ular Xitoyning Pekin va Xançjou, AQŞning San-Mateo va Belvyu, Rossiyaning Moskva, Isroilning Tel-Aviv şaharlarida hamda Singapurda joylaşadi.
Bundan taşqari, Alibaba butun dunyo böylab 100 nafar mutaxassisni yollab, sun'iy aql ustida izlanişlar olib bormoqçi. Ular, şuningdek, «buyumlar interneti», moliyaviy texnologiyalar va kvant hisoblari bilan şuğullanişadi.
«Alibaba DAMO Academy yangi avlod işlanmalari boşida turadi va Alibaba hamda uning hamkorlarining ösişiga turtki beradi», — degan kompaniya texnika direktori Jyeff Çjan. Uning sözlariga köra, akademiyani taşkil etiş mijozlari sonini 2 mlrdga yetkaziş va yaqin 20 yilda 100mln işçi örnini taşkil etiş imkonini beradi.
Bugungi kunda Alibaba kompaniyasida 25 ming muhandis va olimlar işlaydi. Ötgan yili Xitoy giganti va uning şoxobçalari tezda kengayib, bugungi kunda Amerika riteyleri Amazon kompaniyasi bilan bevosita raqobat qilmoqda.












