Dasturçi Feliks Krauz öz blogida iOS operatsion tizimida işlovçi istalgan qurilmadan AppStore’ga kiriş ma'lumotlarini öğirlaşga imkon beruvçi nuqson haqida ma'lum qildi.
iOS qurilmasi bilan işlaş vaqtida operatsion tizim vaqti-vaqti bilan AppStore’dagi akkaunt parolini kiritişni söraydi. Bu fon rejimida işlovçi ba'zi dasturlar sababli suzib çiquvçi oyna körinişida yuz beradi.
Dasturçi bunday sörovni istalgan dastur amalga oşirişi mumkinligini aniqladi. Sörov esa dastur kodida 30 dan köp bölmagan qatorni egallaydi va AppStore filtrlaridan oson ötadi. Tizim va yot dasturning sörovini deyarli farqlab bölmaydi.











