Vazirlar Mahkamasining 6.10.2017 yildagi 801-son qarori bilan Liftlar xavfsizligi töğrisidagi umumiy texnik reglament tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

Uning talablari 40 kg. va undan ortiq yuk kötariş qobiliyatiga ega elektr va gidravlik liftlarga tatbiq etiladi, biroq quyidagi liftlarga daxl qilmaydi:

•  tişli-reykali yoki vintli kötariş mexanizmli liftlar,
•  şaxtalarda foydali qazilmalarni qazib çiqarişda, suzuvçi vositalarda va uçiş apparatlarida foydalanadigan liftlar,
•  harbiy maqsadlar uçun maxsus belgilanişdagi liftlar.

Lift egasi uni montaj qiliş, foydalanişga topşiriş, davriy körikdan ötkaziş va texnik xizmat körsatiş, şuningdek texnik körikdan ötkaziş böyiça işlarni taşkil etişi kerak. U şuningdek, liftdan maqsadli foydalaniş ustidan nazoratni ta'minlaydi.

Liftlarni montaj qiliş, ta'mirlaş va foydalaniş ixtisoslaştirilgan taşkilot tomonidan amalga oşiriladi. Texnik körik ixtisoslaştirilgan taşkilot tomonidan lift pasportiga tegişli qaydlarni kiritgan holda 12 oyda kamida 1 marta ötkaziladi.

Agar lift pasportida belgilangan xizmat muddati töğrisida ma'lumotlar bölmasa, belgilangan xizmat muddati u foydalanişga topşirilgan kundan boşlab 25 yil hisoblanadi. Belgilangan xizmat muddati tugagandan keyin liftdan keyinçalik foydalaniş faqat «Sanoatgeokontexnazorat» DI ruxsati bilan amalga oşiriladi.

Şuningdek, konstruksiya, elektr jihozlar, şaxtalar va lift jihozlarini joylaştiriş uçun möljallangan binolar xavfsizligiga talablar reglamentda aks etgan. Nogironlar va aholining imkoniyati çeklangan guruhlarini (vaqtinça soğliğini yöqotgan şaxslar, keksalar hamda bolalar aravaçalariga hamrohlik qiluvçi şaxslar) taşiş uçun möljallangan liftlarga talablar alohida keltirilgan.

«Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasiga texnik reglament amalga kirişiga qadar liftlarning tuzilişi va ulardan xavfsiz foydalaniş qoidalarini tasdiqlaş va Adliya vazirligida röyxatdan ötkaziş topşirildi.

Liftlar xavfsizligi töğrisidagi umumiy texnik reglament 7.04.2018 yildan amalga kiritiladi.