Noyabr oyidan boşlab, Porsche kompaniyasining amerikalik mijozlari sportkarlarni yoki SUV (Sport Utility Vehicle — «sport-utilitar avtomobil») larni oyiga $2000 - $3000 obuna evaziga ijaraga olişi mumkin böladi.
Bunda, abonement egasi kun davomida bir emas, bir neçta avtomobillardan foydalanişi mumkin böladi - xoh 718 Boxster bölsin, xoh Cayenne E-Hybrid.
Dastlab, obuna xizmati Jorjiya ştatining Atlanta şahrida işga tuşiriladi. Avtomobillardan foydalaniş uçun Porsche Passport tizimiga a'zolikni rasmiylaştiriş, uni faollaştiriş uçun $500 tölaş va kreditga qobillik tekşiruvidan ötiş lozim böladi.
Obunaning oylik tölovi avtomobil modellaridan kelib çiqib, $2000 yoki $3000 qilib belgilanadi. Bu tölovning içiga avtomobildan foydalaniş narxi, şuningdek soliqlar, röyxatdan ötiş, suğurta, texnik xizmat körsatiş va yuviş xarajatlari ham kiradi.
Mijoz $2000 narx evaziga sportkarlar va SUV'ning 8ta turi, şu jumladan 718 Boxster va 718 Cayman S avtombillaridan foydalaniş huquqiga ega böladi. $3000 tölov esa 22ta avtomobildan, şu jumladan, Cayenne E-Hybrid'dan foydalaniş imkonini beradi.
Avtomobillarni Android va iOS uçun möljallangan Porsche Passport ilovasi orqali tanlab oliş imkoniyati mavjud böladi. The Verge xabariga köra, dastur yordamida, kun davomida avtomobillarning birini ikkinçisiga almaştiriş ham mumkin.
Obuna tizimi noyabr oyidan boşlab işga tuşiriladi. Dastlab kompaniya undan sinov tariqasida foydalanadi, agar loyiha muvaffaqiyatli çiqsa, Porsche uni boşqa hududlarda ham yölga qöyadi.
Porsche kompaniyasining AQŞ bölimi rahbari Klaus Tsellmer gapiga köra, bu xizmat bir vaqtning özida bir qança sportkarlarni sinab körmoqçi bölgan mijozlar uçun möljallangandir.
Sentyabr oyining oxirida Volvo konserni avtomobillar ijarasining obuna tizimini işga tuşirayotganini e'lon qilgan edi. Unda eng arzon tarif 3799 Şvetsiya kronasiga teng bölib, uning içiga suğurta, texnik xizmat, servis xizmati, yoqilği uçun çegirma, şuningdek qöşimça xizmatlar, ya'ni avtombilga tovarlarni yetkazib beriş va karşering xarajatlari ham kiritilgandi.
Care by Volvo dasturi xuddi Porsche obuna tizimiga öxşab, bir avtomobilni boşqasiga almaştiriş imkoniyatini beradi, ammo uning optsiyalari biroz kamroq.











