2018 yilgi Jahon çempionatida keyingi yillarda kuçli öyin körsatib kelayotgan 2014 yilgi jahon çempioni Germaniya va 2010 yilgi jahon çempioni Ispaniya terma jamoalari asosiy favoritlar sifatida körilmoqda. 

Quyida Yevropa terma jamoalari JÇ-2018 saralaşida namoyiş etgan afzallik körsatkiçlari keltiriladi.

Ispaniya
Ispaniya Italiya bilan bir guruhda iştirok etdi va Apennin yarim oroli terma jamoasini 5 oçkoga ortda qoldirib, guruhda birinçi böldi. 10 uçraşuvda 9 ğalaba va 1 durang. Töplar nisbati - 36-3.

-futbolçilarning texnik-taktik harakatlari soni - har öyinda örtaça 1133 marta
- TTH sifati - 85 foiz
- burçak zarbalari - har öyinda örtaça 8,5 marta
- paslar soni - har öyinda örtaça 803ta
- paslar aniqligi - 91 foiz
- jarima maydoniga uzatilgan paslar aniqligi - 60 foiz

Germaniya
Şu yil yozida Rossiyada bölib ötgan Konfederatsiyalar kubogida ğolib çiqqan Germaniya terma jamoasi saralaş bosqiçini juda yaxşi ötkazdi va öz guruhida 100 foizlik natijani qayd etdi - 10 öyinda 10 gol, töplar nisbati 43-4.

- gollar nisbatidagi ustunlik - plyus 39
- töpga egalik qilişdagi ustunlik - bir öyinda 71 foizlik
- jarima maydoniga eng köp uzatma - bir öyinda 54ta
- ötkir paslar uzatiş - bir öyinda 41ta

Portugaliya
Amaldagi Yevropa çempionlari B guruhida Şveytsariya bilan oxirgi turgaça raqobat qildi. Birinçi turda Şveytsariya uyida yutqazgan portugallar oxirgi turgaça yutqazmadi va guruh ğolibligini qölga kiritdi. Töplar nisbati 32-4.

- zarbalar böyiça - örtaça bir öyinda 20,8ta