Janubiy Koreya hukumati Markaziy Osiyodagi mamlakatlar bilan savdo aloqalarini çuqurlaştiriş maqsadida maxsus agentlik taşkil etdi. Uşbu taşabbus Janubiy Koreyaning mintaqada iqtisodiy iştirokni kengaytiriş istagida ekanini namoyiş etmoqda, deya yozadi EurasiaNet.org.
Uşbu agentlik – «Koreya-Markaziy Osiyo» hamkorlik böyiça Forumi Kotibiyati (Korea-Central Asia Cooperation Forum Secretariat) - Janubiy Koreyaning «Yevroosiyo taşabbusi» loyihasi bölib, u 2013 yilda avvalgi prezident davrida taşkil etilgan. Kotibiyat davlat tomonidan nazorat qilinadigan oşkora diplomatiya taşabbusi bölgan «Koreya» jamğarmasi şa'feligi ostida faoliyat olib boradi.
Joriy yilning iyul oyida rasmiy ravişda öz faoliyatini boşlagan kotibiyatga Markaziy Osiyodagi beş davlat - Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Özbekiston vakolatxonalari biriktirilgan. Ularga öz mamlakatlarining sarmoyaviy salohiyati haqida koreyalik tadbirkorlar xabardorligini oşirişga intilayotgan yaxşi niyat elçilari sifatida qaralmoqda.
Kotibiyatning maqsadlaridan biri Janubiy Koreya va Markaziy Osiyo örtasidagi kuçli madaniy aloqalardan foydalanişdir. 1930-yillar oxirida, Sovetlar Ittifoqi hukumati qaroriga köra, SSSRning Uzoq Şarq çegara hududlaridan Özbekiston va Qozoğistonga qariyb 100 ming etnik koreyslar majburan köçirib kelingan. Bugungi kunda Markaziy Osiyoda 500 mingga yaqin etnik koreys yaşaydi.
Ayni paytda Janubiy Koreyaning mintaqadagi iqtisodiy ambitsiyalariga asosiy tösiq uning jöğrofiy masofasidir. Koreyada Markaziy Osiyo davlatlari bilan umumiy çegaralar yöq, mintaqa mamlakatlarida esa dengiz savdosini yölga qöyişga imkon beradigan oçiq okeanga çiqiş imkoni yöq. Masalan, Qozoğiston poytaxti Ostona Seul şahridan 4,5 ming kilometr ğarbda joylaşgan.
Xalqaro valyuta jamğarmasi ma'lumotlariga köra, 2016 yilda Janubiy Koreyaning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan savdo hajmi Koreya umumiy eksportining atigi 0.33 foizini va jami importning faqat 0,06 foizini taşkil qildi. Markaziy Osiyo mamlakatlarining Janubiy Koreyaga barça eksporti asosan xom aşyodan iborat bölib, Qozoğiston va Özbekiston hissasiga töğri keladi.
Mintaqada eng yirik Koreya diasporasiga (200 mingga yaqin) ega bölgan Özbekiston Markaziy Osiyoning beşta davlati orasida Koreya tovarlarining eng yirik importçisi hisoblanadi (2015 yilda import hajmi 1,28 milliard AQŞ dollarini taşkil etgan). Özbekiston hududida Koreyaning 408 ta korxonasi faoliyat körsatmoqda.











