Jahon çempionatlari tarixida ilk marta ayol hakam uçraşuvni boşqarib boradi. Bu haqda FIFA rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga köra, Hindistonda bölib ötayotgan ösmirlar örtasidagi (U17) JÇda şveysariyalik Ester Ştoybli Yaponiya va Yangi Kaledoniya terma jamoalari uçraşuvini boşqarib boradi. Uçraşuv 14 oktabr kuni Kalkutta şahrida bölib ötadi.

Foto: FIFA

38 yoşli Ştoybli JÇ-U17 musobaqasi jalb qilingan yetti hakamdan biri sanaladi. U şu kungaça Kanadada bölib ötgan ayollar örtasidagi JÇ-2015 musobaqalarida boş hakam sifatida işlagan. Şuningdek u ayollar örtasidagi YeÇL uçraşuvlari va Rio-2016 musobaqalarining ayollar örtasidagi turnirida işlagan.