Giyohvandfuruşlikka qarşi qat'iy çoralar tarafdori bölgan Filippin prezidenti Rodrigo Duterte huquq-tartibot idoralari xodimlariga köçalardagi mayda giyohvandfuruşlarni öldirişni töxtatib, yirik oğufuruşlarga e'tiborni kuçaytiriş lozimligini aytdi. U bu haqda 12 oktabrda aytgan.
Dutertening matbuot kotibi Ernesto Abellaning aytişiça, giyohvandfuruşlarning köçadagi savdosi huquq-tartibot idoralarining unumli işi sabab ança kamaygan va endi işni giyohvandlikka qarşi kuraş boşqarmasi xodimlari öz qöllariga olişlari kerak.
Duterte 2016 yil may oyida lavozimini bajarişni boşlaşi bilanoq Filippinda giyohvandlikka qarşi kuraşni boşlab yuborgan.
Oxirgi ma'lumotlarga köra, Duterte topşiriği bilan giyohvandfuruşlarga qarşi operatsiyalarda 12,5 mingga yaqin kişi bartaraf etilgan, ulardan deyarli 4 yarmi mingi politsiyaçilar tomondan öldirilgan. Xalqaro huquqni himoyalaş taşkilotlari Dutertening bunday siyosatini tanqid qilib kelişadi.












