Xitoyning Hongfeng kompaniyasi terrorçilar va ekstremistik taşkilotlar a'zolariga qarşi kuraşişga möljallangan lazer qurolni işlab çiqdi. Global Times naşrining yozişiça, yangi qurol 200 metrgaça bölgan nişonlarni yöq qila oladi. 

Lazer Xitoy aerokosmik fan va sanoat korporatsiyasi (CASIC) tomonidan ilk marotaba aksilterror maşğulotlarda jamoatçilikka namoyiş etildi. Qurol töplamiga optik nişon olgiç, yordamçi quvvat manbasi, öt oçiş va lazer nurlaşni masofadan boşqariş qurilmasi kiradi. 

"Lazer quroli boşqa qurollardan farqli ravişda duşmanni juda katta tezlikda va aniqlikda yöq qiladi", - degan muhandis-konstruktor Yan Açje.

Uning sözlariga köra, ekstremistlarga qarşi kuraşning yangi vositasi foydalanişda ança qulay, çunki öt oçişda orqaga qaytiş impulsiga ega emas.