Isroilning YuNeSKOdagi elçisi Karmel Şama-Koen davlatini AQŞdan örnak olib, YuNeSKOni tark etişga çaqirdi.
AQŞ hukumati 12 oktabrda 2019 yildan taşkilot tarkibidan çiqişi va unda kuzatuvçi sifatida işni davom etirişini e'lon qildi.
"Bugungi kungaça biz YuNeSKOning aqlsiz qarorlariga qaramasdan, undan çiqişimiz kerakmas, deb hisoblardik. Hozir, AQŞ asosan Isroilning YuNeSKOda ta'qib qilinişi sababli undan çiqayotganda, fikrimça, ular bilan birga biz ham zudlik bilan çiqişimiz kerak", deb yozgan diplomat Facebook’dagi sahifasida.
Şama-Koen bu uning şaxsiy fikri ekanligini va yakuniy sözni boş vazir Binyamin Netanyaxu aytişini ta'kidlab ötdi.
Isroil bilan YuNeSKO örtasida tarang munosabatlar vujudga kelgan. Xalqaro taşkilotda Isroilning Al-Qudsning tarixiy markazini nazorat qilişi böyiça bahslaşib kelinadi.
YuNeSKO Isroilni okkupatsion davlat deb ataydi, u tomondan Al-Quds va Iordan daryosining Ğarbiy sohilida olib boriluvçi qazilma işlari va boşqa faoliyat xalqaro huquqning buzilişi sifatida qoralanadi.












