Vazirlar Mahkamasi tomonidan «Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat işlari jamğarmasi faoliyatini taşkil etiş töğrisida»gi qarorda ma'lum qilinişiça, Jamoat işlari jamğarmasining mablağlari hisobidan haq tölanadigan jamoat işlariga işsiz aholini bosqiçma-bosqiç jalb etiş rejasi tasdiqlandi.
Band bölmagan şaxslar yoxud işsiz kişilarni vaqtinçalik maoş (mehnat daromadi) bilan ta'minlaş va ularni iş qidiriş davrida moddiy qöllab-quvvatlaş, kasbga ega bölmagan ilk bor iş izlovçi şaxslarni mehnat faoliyatini jalb etiş maqsadida ijtimoiy sohada yangi imkoniyat paydo bölmoqda.
Şuningdek, turli sabablarga köra (ilgari bola tarbiyasi, bemor va keksa oila a'zolarini parvarişlaş, jazoni ijro etiş muassasalaridan ozod qilingan va boşqa sabablarga köra) uzoq tanaffusdan söng kasbiy faoliyat bilan şuğullanmagan şaxslar mehnatini reabilitatsiya qiliş yölga qöyilmoqda.
Endilikda iş bilan ta'minlanmagan aholi vakillari jamoat işlariga jalb etilgan holda bajargan işi uçun rasman maoş olişi mumkin. Haq tölanadigan jamoat işlarini amalga oşiriş quyidagiça taşkil etiladi:
- byudjyet taşkilotlari va fuqarolarning özini özi boşqariş organlari tomonidan - jamoat işlariga jalb qilingan işsiz va band bölmagan şaxslarning iş haqi böyiça tölovlar 100 foiz miqdorda;
- boşqa taşkilotlar, tadbirkorlik sub'yektlari, nodavlat notijorat taşkilotlari tomonidan - jamoat işlariga jalb qilingan işsiz va band bölmagan şaxslarning iş haqi böyiça 50 foiz miqdorida Jamoat işlari jamğarmasi mablağlaridan qoplanadi.
Sodda qilib aytganda, byudjyet taşkiloti, mahalla va şu kabi idoralarda haq tölanadigan jamoat işlari bilan band bölgan aholiga Jamğarma hisobidan 100 foiz oylik maoş ajratiladi. Nodavlat taşkilotlar, xususiy tadbirkorlik va korxonada taşkil etilgan jamoat işlarida iştirok etgan işçining oylik maoşi Jamğarma tomonidan 50 foizga qoplab beriladi, bundan taşqari, 50 foiz maoşini iş joyining özida qabul qilib olişi belgilangan.
Haq tölanadigan jamoat işlariga köpi bilan EKIH beş baravarida (750 ming söm), eng kam miqdorda 370,842 söm haq tölanişi belgilangan.










