Jahon | 16:30 / 13.10.2017
5356
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Turkiyada FeTO bilan aloqadorlikda gumon qilingan 100 dan ortiq kishi ushlanadi

Foto: Reuters

Turkiya hukumati 2016 yil iyul oyi o‘rtasida davlat to‘ntarishiga urinishga aloqadorlikda gumon qilinayotgan yana 115 kishini qo‘lga olishga order berdi. Bu haqda NTV telekanali xabar bermoqda. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, gumondorlarni ushlash bo‘yicha maxsus amaliyot jumhuriyatning 15 viloyatida o‘tkaziladi. Ularga Fathulloh Gulen tashkilotiga aloqadorlik aybi qo‘yilishi mumkin. Rasmiy Anqara ayni tashkilotni davlat to‘ntarishiga urinishda gumon qilmoqda. 

2016 yil 15 iyul kuni Turkiya qurolli kuchlarining askar va ofitserlaridan bir guruhi davlat to‘ntarishini amalga oshirishga urinishdi. Asosiy qarama-qarshilik Istanbul va Anqarada avj oldi. Isyonchilarni hisobga olmaganda 250 fuqaro hayotdan ko‘z yumdi. 2 mingdan ortiq odam jarohatlandi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid