Toşkent—Andijon—Toşkent yönalişida harakatlanuvçi poyezdlar qatnovi noma'lum muddatga qadar yölovçilarga xizmat körsatişni töxtatdi. Bu haqda vaziyatdan boxabar manba Kun.uz’ga ma'lumot bergan. Uning aytişiça, poyezdlar vodiy viloyatlaridan haşarçilarni Toşkent viloyati va uning atrofidagi hududlarda yetiştirilgan paxta hosilini yiğib oliş uçun taşişga safarbar qilingan.
Vaziyatga aniqlik kiritiş maqsadida, Kun.uz muxbiri Toşkent şahridagi Markaziy vokzali tezkor ma'lumot beriş xizmati bilan boğlandi.
«Qatnov qaçon qayta tiklanişini bilmaymiz, çunki paxtaga odam taşib keltirilmoqda», deya javob qaytardi operator.
Kun.uz manbasining xabariga köra, şu keça-kunduzda vodiydan 32 ming nafar terimçi Toşkent viloyati hududiga olib kelingan. Ular orasida uyuşmagan yoşlar, kollej hamda tibbiyot xodimlari bor.
Andijon viloyatidagi manbaning ma'lumot berişiça, ayni paytda Andijon şahridagi vokzaldan terimçilar çiqqan ikki eşelon poyezd belgilangan manzilga jönab ketgan. Ma'lumotlarga köra, 14 oktabr kuni Andijondan yöl olgan haşarçilar Toşkent viloyatining Böka va Bekobod tumanlarida paxta terişga kirişgan.
Reyslar bekor qilinişidan oldin şu yönalişga çipta olganlardan 15 oktabr kuni soat 08:00gaça çiptalarni topşiriş söralgan. Aks-holda çiptalar puli qaytarib berilmasligi aytilgan.
Bu vaqtda, Andijon-Toşkent yönalişida qatnovçi taksiçilar yöl kira narxini keskin kötarişgan. Ayrim joylarda yölovçi taşiş narxi bir kişi uçun 80 ming sömgaça kötarilgan, bu esa odatiy belgilangan bozor narxidan ikki baravar qimmat degani.









