14 oktabr kuni Sankt-Peterburg şahrida Parlamentlararo ittifoqi 137-assambleyasi rasman öz faoliyatini boşladi. Bugun, 15 oktabr kuni taşkilot boşqaruv kengaşi ittifoq tarkibiga yangi a'zolarni qabul qiliş marosimini ötkazdi.
«Ayni paytda biz rasman uçta arizani qabul qilganmiz, ya'ni Turkmaniston va Vanuatu tomonidan Parlamentlararo ittifoqiga a'zolik tarkibiga kiriş haqida, Özbekiston nomidan esa avvaldan a'zolik tarkibida bölib, vakolatlarini qayta tiklaş borasidagi sörovlar mavjud. Ijroiya qömita bu arizalarni körib çiqib, ma'qullagan», deya Kengaş raisi Saber Çoudxurining sözlarini keltirgan Regnum.
Ayni paytda Parlamentlararo ittifoqqa 176ta mamlakat a'zo bölib, bu galgi assambleya yiğilişida 2400dan ortiq turli darajadagi parlamentariylar iştirok etmoqda. 18 oktabrga qadar davom etişi rejalaştirilgan tadbir davomida kengaşning yangi raisi ham saylanişi kutilmoqda.







