Tanzaniyaning Aruşa şahrida Parlamentlararo Ittifoqning 153-assambleyasi bölib ötmoqda. Unda 180 dan ortiq mamlakatdan 2 mingga yaqin parlament spikerlari, deputatlar va xalqaro taşkilotlar vakillari qatnaşmoqda. Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva boşçiligidagi Özbekiston parlamenti delegatsiyasi ham tadbirda faol iştirok etmoqda.
Assambleyaning asosiy mavzusi - inklyuzivlik, işonç va barça uçun teng imkoniyatlar asosida samarali boşqaruvni rivojlantiriş. Yiğilişlarda inson huquqlari, sunʼiy intellekt, iqlim özgarişi, oziq-ovqat xavfsizligi, nogironligi bölgan şaxslar huquqlari va terrorizmga qarşi kuraş kabi masalalar muhokama qilinmoqda.
Assambleya doirasida Parlament ayol aʼzolari forumi ham ötkazildi. Forumda nogironligi bölgan şaxslarning huquqlarini taʼminlaş va ularning imkoniyatlarini kengaytirişga qaratilgan rezolyutsiya loyihasi muhokama qilindi.
Tanzila Norboyeva Özbekistonning nogironligi bölgan ayollar va qizlarning huquqlarini himoya qiliş, ularni zöravonlikdan asraş, taʼlim va mehnat uçun teng şaroit yaratiş böyiça tajribasini taqdim etdi.


Özbekiston tomoni rezolyutsiya loyihasiga bir qator takliflarni ham bildirdi. Jumladan, qonun loyihalarini nogironligi bölgan şaxslarning huquq va manfaatlari nuqtai nazaridan majburiy ekspertizadan ötkaziş, nogironligi bölgan ayollar va qizlar duç kelayotgan muammolarni alohida baholaş hamda qarorlar qabul qilişda ularning özini jalb etiş taklif qilindi.
Şuningdek, qabul qilingan qonunlarning ijrosini parlament tomonidan muntazam nazorat qiliş va bu jarayonga nogironligi bölgan şaxslar hamda ularning manfaatlarini himoya qiluvçi taşkilotlarni kengroq jalb etiş zarurligi qayd etildi. Özbekiston delegatsiyasi takliflari rezolyutsiyani keyingi muhokama qilişda inobatga olinişi kutilmoqda.


Assambleyaning umumiy debatlarida davlat institutlariga işonçni oşiriş, fuqarolarning qarorlar qabul qilişdagi iştirokini kengaytiriş va parlamentlarning aholi hayotidagi amaliy rolini kuçaytiriş masalalari muhokama qilindi.






















