Assambleyada demokratik institutlarni mustahkamlaş, jamoatçilik işonçini oşiriş, teng imkoniyatlarni taʼminlaş va iqlim özgarişiga qarşi kuraşiş masalalari muhokama qilindi.
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva yiğiliş iştirokçilariga joriy yil sentabr oyida Samarqandda ötkazilgan Parlamentlararo ittifoq Yoş parlament aʼzolarining XII global konferensiyasi yakunlari haqida maʼlumot berdi.
Konferensiyada global muammolar şaroitida inson huquqlarini himoya qiliş böyiça parlament yeçimlarini işlab çiqiş, BMTning «Yoşlar, tinçlik va xavfsizlik» kun tartibini ilgari suriş, raqamli platformalarni masʼuliyatli tartibga soliş hamda yoşlarning qarorlar qabul qiliş jarayonidagi iştirokini kengaytiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan.
Şuningdek, Barqaror rivojlaniş maqsadlariga erişişda yoş parlamentariylarning örni va imkoniyatlari muhokama qilingan.
Xorijiy parlament vakillari Samarqanddagi konferensiyaning taşkil etiliş darajasi, xalqaro miqyosi va natijalarini yuqori baholadi. Konferensiya yakuniy hujjatining amaliy ahamiyati hamda Özbekistonning yoşlar parlament diplomatiyasini rivojlantirişga qöşayotgan hissasi alohida qayd etildi.












