Vanuatu hukumati fuqarolik uçun bitkoin bilan hisoblaşişga ruxsat bergan dunyodagi birinçi mamlakat böldi. Interfax şu haqida xabar berdi.
Investitsion fuqarolik narxi 200 ming dollarni taşkil qilmoqda, bu joriy kursda - 35 bitkoindan kamroq.
Vanuatu fuqaroligi 116 davlatga, şu jumladan Yevropaning aksariyat mamlakatlariga vizasiz kiriş huquqini beradi. Bu körsatkiç böyiça Vanuatu Arton Capital kompaniyasining Passport Index reytingida 34-örinni egallaydi.
Bundan taşqari, Vanuatuda daromad soliği va meros soliği yöq, şuningdek kompaniyalar daromadiga soliq stavkasi nolga teng. Vanuatu turistik xizmatining ogohlantirişiça, mamlakatda hatto çoy haqi degan narsaning özi yöq.
Biroq tropiklardagi hayot tavakkalga töla. Oktyabr oyi boşida şimoliy Oba oroli aholisi Manaro-Vui vulqoni otilişi sabab evakuatsiya qilinişiga töğri keldi.
Vanuatu respublikasi - Melaneziyadagi davlat bölib, u Tinç okeani janubidagi Yangi Gebridlar arxipelagidagi 83 orolda joylaşgan. Aholi soni 2016 yilda 277,5 ming kişini taşkil qilgan.
Britaniyaning New Economics Foundation tahlil markazi Vanuatuni dunyodagi eng baxtli mamlakatlarning törtinçisi, deb hisoblaydi.








