Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kirkukda kurdlar va Iroq armiyasi o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlandi
Foto: Reuters
Iroqning Al Sumariya telekanalining Kirkuk viloyatidagi manbalarga iqtibos keltirgan holda xabar berishicha, Kirkukka kirgan Iroq qo‘shinlari va kurdlarning peshmerga otryadlari o‘rtasida viloyatning poytaxtidan janubda qurolli to‘qnashuvlar boshlangan. Ta'kidlanishicha, bir nechta tumanlarda Iroq xavfsizlik kuchlari xodimlari va kurd jangchilari o‘rtasida vaqti-vaqti bilan otishmalar sodir bo‘lib turibdi.
O‘z navbatida Reuters axborot agentligi Kirkukdan janubda ikki tomon artilleriya qo‘llaganini ma'lum qildi. Kurd qo‘mondonligi vakilining aytishicha, peshmerga otryadlari Iroq armiyasi bilan emas, balki qurolli kuchlarga yordam beruvchi yarim harbiy tashkilot bo‘lgan "Xalq safarbarligi" bilan jangga kirishgan.
Avvalroq kurdlar hukumati peshmerga otryadlarini jangga birinchi bo‘lib kirishmaslikka va hujum holatidagina o‘t ochishga chaqirgandi. Shu bilan birga Kirkuk gubernatori quroli bor har bir kishini shahar himoyasiga turishga chaqirgan.
Iroq armiyasi operatsiyasi yarim tunga yaqin boshlangan. Iroq televideniyesining ta'kidlashicha, Iroq armiyasi operatsiya vaqtida katta hududni egallab olishga muvaffaq bo‘lgan. Biroq kurd qo‘mondonligi buni inkor etgan.
Bundan avvalroq kurdlar Bag‘dodning Kirkuk atrofini bo‘shatish talabini bajarishdan bosh tortganlar. Kurdlar aksincha bunga javoban hududga peshmerganing 6 ming jangchisini qo‘shimcha safarbar qilgandi.
Kirkuk viloyati 2014 yildan beri peshmerga otryadlari tomondan nazorat qilinadi. Ushbu hudud Iroq Kurdistoni tarkibiga kirmaydi. Kurd kuchlari bu hududni IShID jangarilari hujumlaridan himoyalanish maqsadida o‘z nazoratlariga olganlar.
Mavzuga oid
18:39 / 19.01.2026
AQSh Iroqdan qo‘shinlarini olib chiqish jarayonini yakunladi
15:59 / 16.01.2026
“Boj to‘lovlari yuqori bo‘lmaydi” – O‘zbek-Iroq biznes forumida nimalar muhokama qilindi?
12:34 / 15.01.2026
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Iroqqa eksport qilinadi
18:10 / 14.01.2026