Toyota kompaniyasi "çayka qanotlari" şaklidagi eşiklar bilan jihozlangan Concept-i Ride kontsept-karining ilk suratlarini namoyiş etdi. Modelning öziga xos jihati - yölovçi kreslosining harakatlanişida, mazkur kreslo hisobiga imkoniyatlari çeklangan odamlarning salonga kirişi osonlaşadi.
Yangi prototipning gabarit uzunligi - 2500 millimetr, kengligi - 1300 millimetr, balandligi - 1500 millimetrni taşkil qiladi. Kontsept-kar salonida ikki kreslo örnatilgan bölib, unda nogironlar aravaçasini saqlaydigan maxsus joy ham bor. Concept-i Ride elektr quvvati bilan jihozlangan, u bir martalik zaryadda 150 kilometrgaça masofani bosib öta oladi.

Model şuningdek kuzovning old va orqa qismlarida taşqi LED-panellar bilan ta'minlangan.
Kontsept-kar joystik bilan boşqariladi. Uning yordamida haydovçi avtomobil yönalişini özgartirişi hamda uning tezligini boşqarişi mumkin.

Ta'kidlaş joizki, Toyota 2015 yilda imkoniyati çeklangan kişilar uçun Sienta kompaktvenining maxsus versiyasini taqdim etgandi. U harakatlanuvçi pandus bilan jihozlangan edi.












