Germaniyaning Daimler AG avtokonserni xavfsizlik yostiqçalarining öz-özidan oçilib ketişi bilan boğliq nosozlik tufayli butun dunyo böylab bir milliondan köproq maşinasini qaytarib olmoqda. Bu haqda kompaniya vakiliga iqtibos keltirgan holda The Wall Street Journal naşri xabar berdi. 

"Kompaniya Buyuk Britaniyadan 400 mingta va Germaniyadan 200 mingta Mercedes-Benz maşinasini qaytarib oladi. Şuningdek, boşqa davlatlardan ham maşinalar qaytarib olinadi", deb aytgan kompaniya vakili.

Uning aytişiça, uşbu nosozlik kamdan-kam hollarda yuz beradi va xavfsizlik yostiqçalarining özi nosoz emas. Uşbu holat Takata korporatsiyasining xavfsizlik yostiqçalari bilan boğliq mojaroga aloqasi yöq. 

Yaponiyaning Takata korporatsiyasi 2014 yilda u işlab çiqargan xavfsizlik yostiqçalari maşina harakatlanganda öz-özidan oçilib ketişi bilan boğliq mojaro markazida qolgan. Uşbu nosozlik kamida 16 ta ölimga olib kelgan. Uşbu nosozlikni töğrilaş uçun butun dunyodan turli kompaniyalarning millionlab maşinalari qaytarib olingan. 

Daimler AG dunyodagi eng yirik avtomobilsozlik konsernlaridan biri hisoblanadi. U 1883 yil taşkil topgan. 1998 yilda AQŞning Chrysler kompaniyasi bilan birlaşişi natijasida Daimler Chrysler AG kompaniyasi vujudga kelgan. Kompaniya 2007 yildan yana Daimler deb nomlana boşlangan.