Daimler kompaniyasining yuk avtomobillar işlab çiqaruvçi Fuso filiali öz şassilaridan birida konseptual model yaratdi. 

Ğildirak ustidagi ofis Nomad Pro deb nomlanadi va «tabiat qöynida moslaşuvçan tarzda va mobil işlaş imkonini beradi», deyiladi press-relizda. 

Covid-19 tufayli iş joyi madaniyatining özgarişi butun dunyo böylab yanada moslaşuvçan iş şakllariga ötişni taqozo qiladi. Moslaşuvçan iş vaqti tobora köproq odamlar uçun kundalik hayotning bir qismiga aylanmoqda. Biroq, bu özgarişlar iş vaqti va şaxsiy hayotning birlaşib ketişi tufayli psixikaga salbiy ta’sir körsatadi. 

Tabiat qöynida vaqt ötkaziş, oçiq havoda jismoniy maşğulotlar bilan şuğullaniş ruhiy salomatlikka ijobiy ta’sir körsatişi sababli, tegişli transport vositalarini ham işlab çiqariş davr talabiga aylanmoqda, deb hisoblaydi Fuso. Şuning uçun Nomad Pro xodimlarga tabiat bilan bevosita aloqada işlaş imkonini beradi va zamonaviy, individual iş talab qiladigan modellar uçun köplab yangi imkoniyatlarni oçib beradi. 

Mobil ofisning asosiy xususiyati — oçilib-yopiladigan kuzovga egaligi. Salonda tabiiy materiallar va yapon dizayni elementlari, masalan, bambuk pollar, tabiiy yoğoç yuzalar va tatami uslubidagi örindiqlar ustunlik qiladi. Qulay iş joyini ta’minlovçi stol va skameykalar ham mavjud. Şuningdek, yiğma divan, oşxona va duş bilan jihozlangan.