Birinçi universal dökon Bon Marche 1852 yil Fransiyada oçilgan. Keyinroq, 1859 yilda dunyodagi birinçi A&P (Atlantic & Pacific) universal dökonlar tarmoği taşkil etilgan. Supermarketlar XX asrning 30-yillarida paydo bölgan, birinçi gipermarket - Carrefour esa Fransiyada 1963 yilda işga tuşgan. Internet-savdo davri esa 1995 yilda Amazon.com bilan birga boşlangan. Ommaning universal dökonlardan onlayn-cavdoga ötişiga esa 143 yil vaqt kerak böldi. .

Sönggi trend – bu internet-savdoning rivojlanişi. Özbek Aliekspress yoki Amazoni «maqom»ini egallaş uçun kundan-kunga yangi öyinçilar maydonga çiqmoqda. Bundan taşqari, köplab tadbirkorlar ixtisoslaştirilgan internet-dökonlar yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali öz mahsulotlarini taklif qilib, onlayn-savdoga ötmoqda. Hukumat elektron tijorat bilan şuğullanuvçi kompaniyalar uçun savdo qonunidagi köplab çeklovlarni olib taşlagan holda mazkur trendning rivojlanişiga imkon bermoqda.

Foto: Fargo Parcel Service

Nima uçun savdo tizimi şiddat bilan onlayn sektorga ötmoqda? Asosiy sabab şundaki, siz potensial xaridorlar mavjud bölgan yerda savdo qilişingiz zarur. Zamonaviy hayotda esa insonlarning köp qismi internet bilan doimo aloqada. Masalan, siz erkaklar uçun tovarlarni sotayotgan bölsangiz, Facebook tarmoği orqali Toşkentda yaşayotgan qariyb 500 mingga yaqin erkak xaridorlarni topişingiz mumkin. Taxminan 450,000 söm evaziga siz öz mahsulotingiz reklamasini ulardan 50 mingtasiga körsatiş imkoniga ega bölasiz.

Bundan taşqari, internet savdo uçun qandaydir joy talab etilmaydi. Savdo nuqtalarini joylaşuvida muammo tuğilmaydi, tovar assortimentlar kengligi ham çeklanmaydi.

Jahon tendensiyalari şuni körsatmoqdaki, yana 5 yildan söng mamlakatimiz fuqarolari savdoning katta qismini internet orqali amalga oşirişadi. Bu ajablanarli emas: har doim turli kompaniyalar tomonidan taqdim etilayotgan zarur tovarlarni taqqoslaş hamda ularning içidan eng sifatlisini va albatta, hamyonbopini tanlaş imkoni mavjud böladi. Bundan taşqari, xaridor kerakli mahsulotlarni Jahon tarmoqlari orqali sotib olayotganda qimmatbaho vaqti va kuçini ançayin kam sarflaydi.

Internetda savdo qilişning yana bir afzal jihati şundaki, bu nafaqat öz şahringizdagi dökonlarda, balki uzoq masofadagi – boşqa nuqtadagi, hattoki, xorij mamlakatlardagi dökonlarda şoping qiliş imkonini beradi. Şu bilan birga, buning uçun heç qayerga boriş şart ham emas, şunçaki xaridni aniqlab, yetkazib beriş xizmati orqali buyurtma beriş mumkin.