ZoodMall "Özbekistonda işlab çiqarilgan" belgisi nufuzini oşirişga bel boğladi
|03:15 / 29.12.201715 47712 min
Qahramonimiz asli özbek, Toşkent şahrida tuğilib ösgan Sardor Muhammadaliyev taqdir taqozosi bilan öz faoliyatini boşqa davlatlarda davom ettirmoqda. Bugungi kunda u Amazon va Alibaba yönalişidagi ZoodMall (www.zoodel.com) elektron tijorat kompaniyasining boş direktori lavozimida faoliyat yuritadi.
ZoodMall - Ipak yöli mamlakatlari (Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Ozarboyjon, Afğoniston, Eron, Iroq, Turkiya, Armaniston, Gruziya, Möğuliston, Pokiston, Turkmaniston, Ummon, Livan, Suriya, Xitoy, Hindiston) va Rossiya Federatsiyasida faoliyat yurituvçi kompaniyalar savdosini yengillaştiruvçi yetakçi B2B (Business to business) onlayn-savdo maydoni.
KUN.UZ muxbiri Olmaota şahriga safari çoğida vatandoşimiz bilan uçraşib, u bilan elektron kommersiya, Özbekiston va unda röy berayotgan iqtisodiy islohotlar haqida suhbatlaşdi.
"Men butun hayotim davomida yetakçi xalqaro kompaniyalarda işlab kelmoqdaman. Albatta, barçasi Toşkentda bank sohasidan boşlangan. Qozoğistonga köçib ötganimdan söng Procter&Gamble, Samsung Electronics, Huawei Technologics kabi kompaniyalarda işladim. Procter&Gamble’da - MDH mamlakatlari böyiça market-planner, Samsung Electronics'da MDH mamlakatlari böyiça mobil segmentga javobgar edim, undan keyin işlagan Huawei Technologics'ning iste'molçilar segmenti böyiça Qozoğiston va Qirğiziston uçun mas'ul böldim. Hozir esa internet-biznesdaman. Nima uçun? Çunki bugungi kunda elektron kommersiya şiddat bilan ösib bormoqda va u juda katta salohiyatga ega.
ZoodMall
ZoodMall'da boşqa elektron savdo maydonlariga nisbatan öziga xos noyob imkoniyatlar mavjud, çunki biz boşqalar taklif qilmaydigan qator xizmatlarni taqdim etamiz.
Portalimiz 6 tilda, köp tilli portal;
15 ta davlatdan mingdan ortiq kundalik yangi tenderlar;
2 mingdan ziyod logistik kompaniyalarga çiqiş va ulardan eng hamyonbop narxlarga erişiş imkoniyati.
Mavzuga oid
Portalimiz funksionali va imkoniyatlari juda keng. "Biz öz sohamizda eng yaxşisimiz" demaymiz, lekin şu maqsad yölida harakat qilamiz.
Bizning eksport uçun ikki maydonimiz bor: ZoodMall - bu Ipak yöli mamlakatlari tovar işlab çiqaruvçilarini birlaştiruvçi B2B onlayn savdo maydoni. Biz ularga mamlakat içida savdo qiliş, şu bilan birga, eksportni amalga oşiriş imkoniyatlarini beramiz. Bu ulgurji savdo maydoni böyiça.
ZoodMall
Şu yilning dekabr oyida Qozoğiston poçtasi hamkorligida çakana savdo, çakana eksport bilan şuğullanuvçi ZoodMall elektron savdo maydonini işga tuşirdik. Bu degani savdo bilan şuğullanuvçi har qanday işbilarmon yoki işlab çiqaruvçi öz mahsuloti haqidagi ma'lumotni bizning şu nomli mobil ilovamizga joylaşi mumkin. Şuningdek, ular zarur talablarga javob bergan taqdirda, yirik global maydonlarga ham çiqişi mumkin - mana bu ham noyob imkoniyat. Bu işbilarmonlarga öz mahsulotlarini 300 milliondan ortiq salohiyatli xaridorga çiqariş imkonini beradi.
ZoodMall va Özbekiston
Özbekiston, albatta, biz uçun juda qiziq mamlakat. Yaqindagina Özbekistondan qaytdim, u yerda respublika eksporti uçun javob beruvçi taşkilotlar, şuningdek sohalar böyiça eksport öyinçilari, rahbarlar bilan köplab yuqori darajali uçraşuvlar ötkazildi. Yaqin orada biz Özbekistondagi faoliyatimizni yölga qöyişni rejalaştirganmiz va bu bizning faoliyatimizga yangiça ruh bağişlaydi, deb umid qilamiz.
Biz 2018 yilning birinçi çoragidan Özbekistondagi faoliyatimizni boşlaşni va dastlabki 6 oy muddatga savdo maydonimizdan bepul foydalanişni taklif qilişni rejalaştiryapmiz.
Kompaniyada umumiy 200 nafardan ortiq kişi faoliyat yuritadi. Biz tezkor rivojlanayotgan kompaniya hisoblanamiz. Şunday ekan, işçilarimiz soni muntazam ravişda oşib boradi. ZoodMall yaqin orada Özbekistonda işçi örinlar yaratişni rejalaştirmoqda, nasib qilsa, u yerda bizning vakillarimiz va jamoamiz işlaydi.
Noyabr oyi oxirida Toşkent viloyati tadbirkorlari va vakillari bilan taqdimotlar ötkazdik, taxminan 200 kişi iştirok etdi. Ular tomonidan bizning savdo maydonimizga qiziqiş katta böldi, qator savollar berildi. Şundan söng Jizzaxda ham taxminan 100 kişi iştirokida uçraşuv ötkazdik, u yerda ham kompaniya faoliyatiga katta qiziqiş bildirildi. Biz ularga kompaniyamizda qanday imkoniyatlar borligi, elektron kommersiya qanday rivojlanayotgani haqida ma'lumotlar berdik.
Tadqiqotlarga köra, 2020 yilga borib, transçegeraviy elektron savdo bozori 1 trillion dollarni taşkil etadi, bu esa ulkan salohiyat va Özbekiston eksporti uçun juda katta imkoniyat.
Bugungi kunda Özbekistonning dunyoga oçilayotgani yaqqol sezilmoqda. Biz bu yerda bölayotgan islohotlarni kuzatib kelmoqdamiz. Aytiş mumkinki, vatanimda juda yaxşi islohotlar amalga oşirilmoqda - investitsion iqlim yaxşilanmoqda, valuta islohotlari amalga oşirilmoqda - tabiiyki, bularning bari Özbekistonga bölgan qiziqişni yanada oşiradi. Fikrimça, yaqin yillarda Özbekistonning bu boradagi salohiyati yanada ösadi, kelgusida uning sohada yetakçi böliş uçun katta imkoniyatlari bor.
Özbekistonda investitsion muhitni yaxşilaşga doir tavsiyalar
1. Sarmoyadorlar uçun imtiyozlarni oşiriş kerak;
2. Erkin iqtisodiy zonalar sonini oşiriş, şaroitlarni yaxşilaş kerak;
3. Zarur kommunikatsiyani yölga qöyiş kerak, ya'ni Özbekistonning dunyoga oçiq ekanini, u yerda şart-şaroitlar yaratilayotgani haqida boşqa mamlakatlardagilarning xabardorligini oşiriş uçun Invest in Uzbekistan milliy promouşeni yölga qöyilişi lozim;
4. Global ekspertlar - sarmoyaçilar, vençur fondlarni Özbekistonga taklif qiliş, qanday imkoniyatlar borligini muhokama qiliş;
5. Investitsion loyihalar va forumlar, işçi doiralar muhokamasini yölga qöyiş;
6. Asosiy yönalişlar böyiça maslahat va tavsiyalar beruvçi yuqori malakali xorijiy konsultantlarni taklif qiliş;
7. Investitsiyalar böyiça kafolatlar bölişi kerak, çunki sarmoyadorning ham öz manfaatlari böladi. Bu yerda davlat tomonidan kafolat va maksimal imtiyozlar berilişi kerak;
8. Özbekiston Doing Business'dagi körsatkiçini yanada yaxşilaşi, aniq maqsad qöyib, kamida Top-50 röyxatidan joy olişi maqsadga muvofiq;
9. Qonunçilikda muayyan özgartirişlar kiritiş.
Biznesda eng asosiysi nima?
Men uçun eng asosiysi:
Jamoamiz;
Motivatsiya;
Maqsadga erişiş.
Biznes odamlar tomonidan yölga qöyiladi. Şunday ekan, asosiy qadriyatlar - odamlar va ulardagi yetakçilik fazilatlarini rivojlantiriş va rağbatlantiriş.
Işbilarmonning bir kuni...
Albatta, har doim ham 8 soat uxlaşning uddasidan çiqa olmayman. Ertalabki soat 5:00da uyqudan turib, nonuşta qilaman-da, şundan söng sport bilan şuğullanaman - odatda yuguraman, avval boşqa sport turlariga ham vaqt ajratar edim, hozir esa bunga vaqt yöq. Zero kompaniyamiz juda katta maqsadlarni öz oldiga qöygan - biz öz segmentimizda yetakçi bölişni közlaganmiz va şu yönalişda işlamoqdamiz. Biz 3-5 yilda kompaniyamizni xalqaro IPÖga olib çiqişni niyat qilganmiz.
Iş jarayoni juda intensiv boşlanadi, odatda soat 9:00da kompaniya xodimlari bir joyda töplanib, özaro tajriba almaşişga 5 daqiqa vaqt ajratamiz, biror yangi bilimga ega bölamiz. Har kuni ertalab albatta e-mail'larni közdan keçirib çiqaman. Şundan söng uçraşuv va muzokaralar boşlanadi, jamoa bilan işlaymiz va h.k. Keçqurun ham işlayman, ba'zan uçraşuvlarni keçki payt ötkazişga töğri keladi. Iş kuni tugagandan keyin ham işlayman, çunki men sevimli işim bilan şuğullanaman va bundan zavq olaman. Erişayotgan natijalarimiz bizga yanada köproq ilhom bağişlaydi. Biz undan-da yuksak maqsadlar qöyib, kun sayin unga erişiş uçun harakat qilamiz. Biz hozirça raqiblarimiz kabi yirik kompaniya emasmiz, biroq bizning özimizga yaraşa yutuqlarimiz bor, biz oldinga qarab harakat qilmoqdamiz.
Bugungi kunda bizning vazifamiz özbekistonlik tovar işlab çiqaruvçilarga "Özbekistonda işlab çiqarilgan" belgisi nufuzini oşiriş hamda ularning mahsulotlarini Ipak yöli mamlakatlarida va umuman global darajada ilgari surişda yordam berişdan iborat.
Sport
Avvallari sportning har xil turlari bilan şuğullanar edim. Sönggi vaqtlarda esa havaskor triatlon, skayranning va xayking bilan şuğullanaman. Triatlon juda köp vaqt talab qiladi, zero u uç yönalişni öz içiga olgan - suziş, velosiped haydaş, yuguriş. Triatlon böyiça Olimpiya masofasini bosib ötganman - bu 1,5 kilometrga suziş, 40 kilometrni velosipedda bosib ötiş va 10 kilometr masofaga yuguriş - bularning barini töxtamasdan amalga oşiriş kerak.
Mutolaa
Har kuni biznes-materiallarni mutolaa qilaman. Har doim ham kitob öqiş uçun imkon bölmaydi, şuning uçun men kitoblarning audioversiyalarini tinglayman. Har kuni ertalab yuguriş va badantarbiya bilan şuğullaniş barobarida audiokitoblarni tinglayman va özim uçun yangi foydali ma'lumotlarga ega bölaman.
Oila
Har doim uddasidan çiqmasam-da, imkon qadar oilam bilan birga vaqt ötkazişga harakat qilaman. Odatda haftada bir kun - şanba yoki yakşanbani oila a'zolarim bilan tabiat qöynida ötkaziş uçun ajrataman, çunki oila - men uçun muqaddas va muhim. Oilam menga doim yordam beradi, qöllab-quvvatlaydi, ilhom bağişlaydi. Oilam, qizlarimning erişayotgan yutuqlarini körib, xursand bölaman, ularni qöllab-quvvatlayman.
Işbilarmonning yoşlarga tavsiyalari
Har bir yoş öz oldiga aniq maqsad qöyiş kerak - kim bölmoqçi, qanday maqsadlarni közlamoqda va qaçon hamda qanday qilib ularga erişişni rejalaştirmoqda;
Öz sohasida yetuk va yuqori malakali mutaxassis böliş kerak. Biror sohani egallaş uçun inson şu narsaga kamida 10 ming soat sarflaşi kerak. Şuni ham ta'kidlaş joizki, heç qaçon özingizni boşqalar bilan soliştirmang, şunçaki keçagi özingizdan yaxşiroq bölişga intiling;
Töxtovsiz bilim oliş (internet, TV, kitoblar va b. orqali). Inson har kuni tişini tozalaşga odatlangandek yangi bilim olişga çanqoq bölişi kerak. Şunda miya yaxşi faoliyat yuritadi, inson esa ösişdan töxtab qolmaydi. Şunday insonlar borki, 75 yoşda bölsa-da, miyasi 25 yoşda rivojlanişdan töxtagan. Maslahatim - 75 yil bir xil umr keçirmang - ösing, öqib-örganing, rivojlaning;
Sportni hayot mazmuniga aylantiriş, çunki soğlom tanda - soğ aql. Har bir insonning sportda öz yönalişi, öz qiziqişlari bölişi kerak. Keyinçalik barça topilgan pullarni davolanişga sarflagandan köra, hozirdan sport bilan şuğullanişni odat qiliş kerak, çunki soğliqni pulga sotib olib bölmaydi, hatto bitkoinga ham...
Töğri ovqatlaniş ham muhim ahamiyatga ega. Ha, Özbekiston şaroitida bu juda qiyin, çunki özbek xalqi mehmondöst xalq - har kuni töy-haşamlar va ziyofatlar, boz ustiga, özbek milliy taomlari bir-biridan mazali. Şunday bölsa-da, inson soğlom bölişi va özini yaxşi his qiliş uçun köproq meva va sabzavotlardan iste'mol qilişi kerak. Işonç bilan aytişim mumkinki, Özbekistonda işlab çiqariladigan meva va sabzavotlar juda mazali, şuning uçun ham Made in Uzbekistan brendi ostidagi meva-sabzavotlar boşqalardan qimmatroq böladi;
Yaqinlaringiz bilan munosabatlaringizni qadrlang. Ota-ona, oila a'zolaringiz, qarindoş-uruğ va döstlaringiz bilan hamişa yaxşi aloqada böling, çunki hayot turli sinovlarga töla, yaxşi-yomon kunlaringizda şu insonlar yoningizda bölib, sizga dalda beradi.
Asosiysi – HardWorking (mehnatsevarlik). Yaxşi bilamizki, özbek xalqi juda mehnatkaş xalq. Inson butun umrini muayyan sohaga baxşida etsa, albatta, bu öz natijasini beradi. Dangasalik qilmay, özida bor resurslarni şu sohaga "tikib" işlasa, natija böladi. Kiçkina bölsa-da ğalabalaringizni jamoangiz bilan birga nişonlang, qandaydir natijaga erişganingizni e'tirof eting, çunki bugun keçagidan yaxşiroqsiz!
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi