Xitoylik manbalarga köra, nihoyat, iPhone X'ning birinçi partiyasi yetkazib beruvçilarga jönatildi. Ma'lumotlarda ta'kidlanişiça, partiya ikki mamlakatga möljallangan, yetkazib beriluvçi qurilmalarning umumiy soni 46 500 tani taşkil qiladi. Bu avvalgi modellarga nisbatan ança kam, şunday ekan, smartfon yetişmovçiligi kutilmoqda, deyiladi Hi-Tech naşrida.

3 noyabrga ulguriladimi?

Manbaga köra, birinçi iPhone X Niderlandiya va Birlaşgan Arab Amirliklariga jönatilgan. Bu 3 noyabrga qadar Foxconn zavodini yana bir neça partiya tark etişini bildiradi.

Yangi yilgaça sotib olişning iloji yöq

Apple "flagmanlarining flagmani"ni işlab çiqariş hajmiga doir sönggi baholar haftasiga 400 ming donani taşkil qilmoqda. Hatto buyurtma ijrosi orqaga surilsa-da, baribir Yangi yilgaça, ehtimol undan keyin ham davom etuvçi defitsit yuzaga keladi.

Talab — 1 000 000 dona

Manbaga köra, zavodning "samaradorligining pastligi"  TrueDepth 3D-kamera komponentlarining yetişmovçiligi bilan boğliq. Bundan avval kuniga 10 mingdan kamroq iPhone X işlab çiqarilişi haqida xabar qilingandi - bu esa kamligi aniq. Ekspertlarning hisob-kitoblariga köra, qurilma sotuvga çiqqunga qadar iPhone X'ga bölgan talab 1 milliondan kam bölmaydi.