Kun davomida közlarimizga katta yuk tuşadi. Köriş qobiliyatini uzoq yillar davomida saqlab qoliş uçun ular haqida qayğurişimiz kerak böladi. "Layfxaker" mavzuga doir maslahatlari bilan bölişdi.
1. Köz maşqlarini bajaring
Kompyuter ekrani qarşisida köp vaqt ötkazsangiz, iş kuni örtasida közlarning çarçaşi va ularning qurişini sezgan bölsangiz kerak - axir, monitorga tikiliş davomida biz közlarimizni ikki barobar kam pirpiratamiz.
Monitor köz darajasidan biroz pastroqda, taxminan 60 santimetr uzoqlikda joylaşgan böliş kerak. Ekrandagi nur közlarda aks etmasligi uçun himoya qoplamasidan foydalaning.
Har 20 daqiqa köz maşqlarini bajaring. Buning uçun 20 soniya davomida kompyuterdan taxminan 6 metr uzoqlikda joylaşgan biror predmetga tikilib qarab turing.
2. Doim quyoşdan himoyalovçi közoynak taqing
Ultrafiolet nurlar nafaqat teri, balki közlar uçun ham ziyondir. U kataraktadan to saraton kasalligigaça keltirib çiqarişi mumkin.
Közlarni ultrafiolet nurlarning zararli ta'siridan himoya qiliş uçun quyoşdan himoyalovçi közoynak yoki maxsus linza taqiş kerak. Hatto bulutli kunda ham közoynak taqişni unutmang, zero qor, suv, qum va asfalt ultrafiolet nurlarni aks ettiradi.
3. Himoyalovçi közoynakdan foydalaning
Közlarga nafaqat işlab çiqariş korxonalarida, balki uyda ham xavfsizlik qoidalariga rioya qilinmagan holatlarda şikast yetkaziş mumkin. Közlarga mayda zarraçalar tuşişi yoki kimyoviy elementlar ta'siridan himoyalaş uçun közoynakdan foydalaning. Sport bilan şuğullaniş uçun, masalan, suziş, çanğida uçiş yoki basketbol bilan şuğullaniş davomida ham himoyalovçi közoynakdan foydalangan ma'qul. U közga şikast yetişining oldini olişga yordam beradi.
Himoyalovçi közoynak linzalari polikarbonatdan tayyorlangan bölişi kerak. Polikarbonat boşqa materiallarga nisbatan 10 karra yuqori zarbga çidamli böladi.
4. Ratsioningizga yurak va köz uçun foydali mahsulotlardan qöşing
Qon aylanişini yaxşilovçi mahsulotlar sizni soğlom yurak va ötkir közlar bilan ta'minlaydi. Qator mahsulotlar orasidan sitrus mevalar, kökatlar va don mahsulotlari ham şundaylar sirasiga kiradi. Tsink miqdori yuqori bölgan mahsulotlar: loviya, nöxat, yonğoqlar, ustritsalar, yoğsiz qizil göşt yoki parranda göşti ham ultrafioletdan zarar yetişining oldini olişda yordam beradi.








